10-mavzu. Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shakllari
Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi
Download 156.31 Kb.
|
10-mavzu. Kreditning zarurligi, funksiyalari, turlari va shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- P T ... Ishlab chiqarish ... T I P I
10.2. Fondlar aylanishi va kreditning zarurligi
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati kredit munosabatlari paydo bo‘lishining iqtisodiy asosidir. Bizga ma’lumki, korxonalarning ishlab chiqarish fondlari (qiymat shaklidagi mehnat vositalari va predmetlari) muayyan bir muddatda pul (P), ishlab chiqarish va tovar (T) shakllarida bo‘lishi mumkin. Korxona ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: P T ... Ishlab chiqarish ... TI PI Fondlar doiraviy aylanishining birinchi bosqichida (PT) pul fondlarining ishlab chiqarish fondlariga aylanishi sodir bo‘ladi. Bunda mavjud pul mablag‘lariga mehnat predmetlari va vositalari sotib olinadi. Fondlar aylanishining ikkinchi bosqichida ishlab chiqarish jarayoni sodir bo‘lib, bunda tayyor mahsulotni yaratish ro‘y beradi, mahsulot ko‘rinishi tovar ko‘rinishini oladi, ishlab chiqarish vositalari qiymatiga yangi qiymat qo‘shiladi. Uchinchi bosqichda (TI PI) tayyor mahsulot sotiladi. Tovar o‘zining boshlang‘ich pul shakliga o‘tadi, lekin bunda tovar ham, pul ham o‘zining ishlab chiqarish jarayonidan oldingi holatiga nisbatan qiymat jihatdan va miqdor jihatdan ortgan holda bo‘ladi. Mahsulotni sotgandan keyin olingan pul fondlari, o‘z navbatida, yana xarajat qilinadi, yani yangi ishlab chiqarish jarayoni uchun yangi ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi, ish haqi to‘lanadi va boshqa xarajatlarga sarflanadi. SHunday qilib, aylanma mablag‘larning aylanishi qaytaqayta takrorlanaveradi va fondlarning doiraviy aylanishi vujudga keladi. Fondlarning har bir individual doiraviy aylanishi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning bir qismi sifatida boshqa doiraviy aylanishlar bilan uzviy bog‘langan. Ma’lumki, 1-bosqich korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot 2- bosqich korxonalari va noishlab chiqarish sohasi tomonidan iste’mol qilinadi. O‘z navbatida, 2-bosqich mahsuloti nafaqat o‘z iste’molchilari ehtiyojini, shuningdek, 1-bosqich istemolchilarining ham ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Bularning hammasi aylanma fondlarining doiraviy aylanishi uzluksizligidan va fondlarning individual aylanishlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligidan dalolat beradi. Asosiy fondlar qiymati harakati jarayonida resurslarni ishlab chiqarishdan bo‘shatilishi ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va ularning qiymati tovar mahsuloti qiymatiga astasekin o‘tib boradi. Asosiy fondlarning astasekin eskirish qiymati o‘z o‘lchami bo‘yicha korxonaning yangi vositalar sotib olish hajmini ta’minlay olmaydi. Fondlarning aylanishida asosiy fondlarning o‘zgaruvchan harakati ro‘y beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bunda ba’zi korxonalarda bo‘sh pul mablag‘lari to‘planib qoladi, boshqalarida esa katta xarajatlarga ehtiyoj tufayli mablag‘lar etishmovchiligi yuzaga keladi. Xuddi shunday vaziyat aylanma fondlari harakatida ham vujudga keladi. Bu erda ularning uzluksiz aylanishidagi tebranishlar yanada xilmaxildir. Dastavval bu tebranishlar ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish davri bilan mahsulotni sotish vaqti birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi. Mablag‘lar harakatidagi tebranishlar tovar mahsulotini jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar tufayli ham vujudga keladi. Ma’lumki, mahsulotni jo‘natish vaqti bilan uni sotishdan olinadigan tushumning korxona hisob raqamiga kelib tushish vaqti ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Bu hol turlicha sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Masalan, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona bilan uni iste’mol qiluvchi korxona birbiridan muayyan masofada joylashganligi, mol sotib oluvchi korxonaning ayni vaqtda tovar va xizmatlarga to‘lash uchun hisobkitob raqamlarida pul mablag‘larining etarli emasligi va boshqalar tufayli kelib chiqadi. Fondlarning doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo‘lishi tabiiy holga aylanadi. Bu munosabatlar mablag‘larning vaqtincha bekor turib qolishi bilan bu mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi qaramaqarshilikni bartaraf etadi. Bunday munosabatlar odatda, kredit munosabatlar deb yuritiladi va kredit munosabatlar asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan kredit tushunchasi yuzaga keladi. Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: Download 156.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling