10-mavzu: Ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi
Download 475.81 Kb.
|
Umirov Rahimjon slayd2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot- axborot hujjatlari: tarjimai hol, e’lon adres, taklifnoma.
- Tarjimai hol
mavzu: Ma’lumotnoma, tarjimai hol, tavsifnoma, tavsiyanoma. Hujjatlarning xususiyatlari, zaruriy qismlari, tayyorlanish tartibi.Tayyorladi: Umirov RahimjonReja:
Ma’lumot- axborot hujjatlari: tarjimai hol, e’lon adres, taklifnoma. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va foliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimai holdir. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart. Tarjimai holning asosiy zaruriy qismlari: hujjatning nomi (tarjimai hol). Matn: a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi; g) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi); d) ma’lumoti (qaerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi); e) ish faoliyatining turlari; yo) oxirgi ish joyi va lavozimi; z) jamoat ishlarda ishtiroki; muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.I) oilaviy ahvoli va oila a’zolari ; y) pasport ma’lumotlari; k) turar joyi (uy adresi), telefoni. Sana. Imzo. Tarjimai hol oddiy qog‘ozga,ayrim hollarda, ya’ni ishga,o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida
Download 475.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling