E’lon va hisobot tushunchalari. E’lon - ko‘pchilikni yoki ma’lumguruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir-majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot. E’lonning zaruriy qismlari: 1.Nomi(e’lon). 2.E’lon qilinayotgan tadbirning vaqti, o‘tkazilish joyi. 3.Tadbirning mavzusini o‘zida aks ettiruvchi matn. 4. Tadbir o‘tkazuvchilar nomi (odatda,bo‘ladigan tadbirni qilayotgan tashkilot, organning nomi: «ma’muriyat», «kuzatuv kengashi», «dekanat». E’lonlar hamisha ham rasmiy tusga ega bo‘lmasligi, ular hazil-mutoyiba yoki reklama ko‘rinishida tuzilishi ham mumkin. Bu narsa o‘qituvchidagi qiziqishni kuchaytirshga xizmat qiladi. Tijorat maqsadidagi ayrim e’lonlar reklama mazmunini ham qamrab olishi mumkin. Ko‘pchilikni chorlash maqsadida ularda badiiy so‘z vositalaridan ustalik bilan foydalaniladi. Bunday e’lonlar ko‘pincha gazetalarda beriladi. Hisobot - muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat.Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor berildi, qanday etishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Uning zaruriy qismlari: 1.Sarlavhasi:hisobot qaysi davr uchun , qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilyapti. Hujjatning nomi (hisobot). Hisobot matni. Lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo. Sana. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi. Hisobot shakl jihatdan ham, mazmun jihatdan ham bildirishnoma hujjatiga o‘xshaydi. E’TIBORINGIZ UCHUN Raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |