10-MAVZU: MARKETING DASTURI
(Ma’ruza (nazariy material)-2 soat)
REJA:
10.1.Marketing dasturi xaqida tushuncha.
10.2.Korxonaning bozorga tomon yo’naltirilgan ishlab chiarish, savdo, sotish, moliya funksiyalarini o’zaro bog’liqligi.
10.3.Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo‘limlari
10.4. Vaziyatni tahlil etish va marketing sintezi
Tayanch so’z va iboralar:
Marketing dasturi, bozorni kompleks tadqiq qilish holatli tahlil, marketing strategiyasi, marketing rejasi, brending, marketing axborot tizimi (MAT), marketing byudjeti, marketing jarayoni , marketingni rejalashtirish, mikromuhit
10.1. Marketing dasturi haqida tushuncha
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa, korxona imkoniyatlarini .bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan taxlil, rejalashtirish va nazorat qilish ja-rayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli {5 yilgacha) va uzoq muddatli (o’n yilgacha va ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishn mumkin.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan, korxonaning mo’ljallangan maqsadga erishish va uni bajarilnshini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Marketing dasturini ishlab chiqish ketma-ketligi va asosiy bo‘limlari
I. Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil)
—Faoliyati, shart-sharoitlar iresurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
II. Rivojlanish maqsadlarini aniqlash. (Marketing sintezi)
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo’llarini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |