10-mavzu: marketing dasturi
Download 99.55 Kb.
|
10Marketing dasturi
KarmSolar: Hamkorlik qurish va arzon barqaror yechimlar taklif etish.
KarmSolar, 2001 yil 11 oktabrda Misrda tashkil topgan, arzon narxlardagi qayta tiklanuvchi energiya yechimlarini Misr bozorida taklif etuvchi kompaniya hisoblanadi. Bu darajaga yetishish uchun, KarmSolar uni boshqalardan farq qildiruvchi. Quyosh energiyasi bir necha yillar davomida ishlatilib kelingan, ammo haqiqatda tadbirkorlik yoki qishloq xo’jalik proyektlarini yo’lga qo’yishga kelganda, ko’pincha unutilib kelingan. Bunga ko’pgina ijtimoiy va iqtisodiy omillar sabab bo’ladi, lekin eng asosiy sabab sifatida texnologiyadan boxabarlikni keltirish mumkin. Buni kosmik era texnologiyasi va shuning uchun qishloq xo’jaligida qo’llashga juda ham qimmat deb hisoblanib kelingan, zero bu haqiqatdan yiroqdir. Haqiqiy qiyinchilik, xaridor va iste’molchilarga quyosh energiyasi odatiy yoqilg’i energiyasidan ko’ra kam xarajatroq ekanligini isbotlash edi.Vaziyatni yanada qiyinroq bo’lishiga, Misr hukumati-ning odatiy energiya manbalari bo’lmish, tabiiy gaz, dizel va elektr energiyaga subsidiyalar ajratishi bo’ldi, shu sababdan KarmSolarning quyosh energiyasiga sarmoya kiritishi tavakkaldan boshqa narsa emas edi. KarmSolar boshqaruvchilari ularning bozorda shunchaki startap mahsulot sifatida boshqa mahsulotlar bilan bellasha olishi, lekin har qanday muhitda foydalansa bo’ladigan, tayyor, universal mahsulot sifatida boshqalar bilan raqobatlasha olmasligini yaxshi bilishar edi, va shu sabablar tufayli boshqa tadbirkorlik rejasi kerak edi. KarmSolarning tadbirkorlikdan tadbirkorlikka dasturi, oddiy iste’molchiga va qishloq xo’jaligi, sanoat vakillariga yo’naltirilgan quyosh energiyasi yechimlarini taklif etishni o’z ichiga olardi. Yechimlar iste’molchiga moslangan bo’lib, ularning o’ziga xos ehtiyojlarini qondirish va ularni tijorat jihatidan raqobatbardosh energiya bilan ta’minlashni o’z ichiga oladi. Rivojlanish va kengayish uchun yuqori potensialga ega bo’lib, KarmSolar xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatni yo’lga qo’yib, ularga eng innovatsion va mufassal bo’lgan energiya yechimlarini taklif etgan. “Yo’nalishimizda, iste’molchilar ishonchi va e’tiborini qozonoshning yagona yo’li bo’lib, ularning qiyinchilik va muammolarini o’rgangan holda, shu muammolarga innovatsion va barqaror energiya yechimlarini taklif etib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga ko’maklashish” – deydi, kompaniya boshqaruvchisi Ahmed Zahran. KarmSolar uchun har bir sotuvga ulkan e’tibor qaratiladi, har bir proyekt turli xil xususiyatlarga ega, bu esa yechimlarning murakkab tabiattga ega bo’lishi demakdir. Karmsolar uchun bu savdo emas, balki hamkorlik “Bizning iste’molchilar bilan munosabatimiz ishonchga asoslangan. Biz ularga foydalarini o’sishiga yordam beruvchi mahsulotlar-ni sotamiz” Bu faqatgina bir tomonlama sotuv emas, balki umumiy foyda va biznes o’ishiga olib keluvchi hamkorlikdir, -deydi Yumna Madi, KarmSolar Biznes Rivojlanish bo’limi boshlig’i. Bizning strategiyamiz oddiy, bu ikki tomon umumiy foydasi va bineslari o’sishiga asoslangan. KarmSolar ning raqobatbardoshligi uning boshqalardan bir qadam oldinda yurishidan hisoblanadi. “Biz tadqiqotlarga va rivojlanishga sarmoya o’tkazishni davom etamiz, toki biz hammadan oldinda emasmiz, biz uchun eng keragi, iste’molchi so’ragan narsani muhayyo qilish” deydi, Madi. Yuqori sifatdagi quyosh energiyasi texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi KarmSolar uchun narxlarni tushurgan holda, raqobatbar-dosh bo’lishning yagona yo’li, bu innnovatsiyalarga e’tibor qaratish, yo’qotisharni kamaytirish hisoblanadi. “Biz mijozlarimizga treninglar uyshtiramiz, biz xariddan keying ko’mak ko’rsatamiz va shu bilsn birga bizning texnologiyani qanday qilib samarali ishlatish mumkinligi haqida o’rgatamiz” deydi Madi. Bu boshida oson ish emas edi, shu sababdan biz veb asoslangan, Solar Management interface qisqacha SMI ni yaratdik. Shu yo’l orqali KarmSolar o’z xizmatlarini osonlashtiradi, mijzlariga quyosh eneriyasi texnologiyalaridan foydala-nishni oson qiladi. Yangilik hosil qilish maqsadida, KarmSolar barcha tarmoqlar uchun quyosh energiyasini ta’minlashni orzu qiladi. Download 99.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling