10-mavzu: Matn muxarrirlari. Word dasturi va uning imkoniyatlari microsoft word matn muxarriri


Download 12.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.10.2023
Hajmi12.75 Kb.
#1711139
Bog'liq
10-mavzu



10-mavzu: Matn muxarrirlari.
 
 
WORD DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI MICROSOFT WORD 
MATN MUXARRIRI.Qog'ozda chop etish uchun mo'ljallangan ko'pgina hujjatlar
hamda elektron hujjatlar matn ko'rinishida bo'ladi, ya'ni matnlarda oddiy simvollar 
(harflar, 
raqamlar, 
tinish 
belgilari 
va 
boshqalar)dan 
terilgan 
so'zlardan 
tuzilgan.Kompyuterda matn hujjatlarini tayyorlashda 3 xil asosiy amal ishlatiladi. 
Kiritish amali joriy matnni tashqi ko'rinishidan elektron ko'rinishga o'tkazadi, ya'ni 
matnni fayl ko'rinishida kompyuterda saqlaydi. Kiritish amalida faqat klaviatura orqali 
axborot kiritish tushunilmaydi. Matnni kiritishning apparat vositalari ham bor, ya'ni 
matnni originalini skayner orqali kiritish mumkin. Redaktorlash amali (matnni 
tahrirlash jarayoni) mavjud elektron hujjatga o'zgartirish kiritish, hujjat qismlarini 
joyini almashtirish, bir nechta kichik fayllarga bo'lib o'zgartirish imkonini beradi. 
Kiritish va redaktorlash amalidan so'ng matnning mazmuni shakllanadi. Hujjatni 
jihozlashni shakllash amali orqali bajariladi. Shakllash buyruqlaridan so'ng matnni 
monitor ekranida yoki printerda chop etilgandan so'ng qog'ozda qanday joylashishini 
ko'rish mumkin. 
Matnlar bilan ishlovchi 2 xil programmalar bor: matn redaktorlari va matn 
prosessorlari (muharrirlari).Matn redaktorlarida kiritilgan matnni shakllash imkoni 
mavjud emas. Matn prosessorlari matnni shakllash imkonini beradi. Matn prosessorlari 
rasmiy hujjatlarni tayyorlashda ishlatiladi.Window’s OS ga Bloknot standart matn 
redaktori va oddiy WordPad matn prosessori kiradi. Shakllanmagan matn fayllari 
Window’s OS da .TXT fayl kengaytirgichi bilan, matn prosessorlari fayllari esa .DOC 
kengaytirgichi bilan saqlanadi. Zomanaviy WINDOWS OSli kompyuterlarda 
Microsoft Word matn prosessori keng tarqalgan. Bu programma Microsoft 
kompaniyasi mahsuli bo'lib, ko'p yillar mobaynida rivojlandi va uning quyidagi 
versiyalari mavjud: Word 6.0 , Word 7.0 (Office 95) , Word 8.0 (Office 97), Word 2000 
(Office 2000), Word 2002, 2003,2007,2008 (Office XP)……. 
Word dasturiga kirish uchun quyidagi amallar bajariladi. Pusk /Bse programmi/ 
Mikrasoft Oficce/ Mikrasoft Oficce Word….va Word oynasi ochladi…. 
Word matn prosessori oynasi. 


Rasmga izoh: 
1. Oyna sarlavhasi – bu satrda programma nomi va ochilgan hujjat nomi ko'rsatiladi. 
2. Programma oynasi tugmalari. 
3. Hujjat oynasi tugmalari. Word ko'p oynali matn prosessori bo'lib, bir vaqtda unda 
bir nechta oynadagi turli hujjatlarni tahrirlash mumkin. 
4. Uskunalar paneli. 
5. Gorizontal va vertikal chizg'ichlar. 
6. Ish joyi. 
7. Vertikal va gorizontal siljitgichlar. 
8. Holat satri. Bu satrda varaq, bo'lim nomeri, 
kursorga joylashgan joy
, yozish tili 
va boshqa kerakli axborotlar ko'rsatiladi. 
Talabalar uchun topshiriqlar: 
Har bir talaba Jizzax haqiqati gazetasidagi o’ziga topshirilgan saxifani qanday bo`lsa 
shundayligicha wordda aks ettiradi.Saxifalar dars vaqtida bo`lib beriladi. 

Download 12.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling