10-Mavzu. Mehmonxonada innovatsion texnika-texnologiyalar ta’minoti Reja


Mehmonxona xo‘jaligida ekologik muhitni saqlashga qaratilgan texnologik innovatsiyalar


Download 49.31 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2023
Hajmi49.31 Kb.
#1079810
1   2   3
Bog'liq
10.ma\'ruza matni

5.Mehmonxona xo‘jaligida ekologik muhitni saqlashga qaratilgan texnologik innovatsiyalar.
Turizmni rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda turistlik tumanlarning qabul qilish saloxiyatini hisobga olish va uni saqlagan holda yekologik barqaror rivojlantirish tamoyili muhim rol o‘ynaydi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan infrastrukturaga yega ma’lum zonalarda turistlik ob’ektlarning to‘planishi, yekologik ob’ektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb yetadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – uning salbiy ta’sirini yo‘q qilish yoki yeng kam darajaga tushirishdir. Ayniqsa turistlik mavsum avjiga chiqqan paytlarda yekologik muammolar ko‘proq vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrasturkturasi zo‘riqib ishlaydi natijada diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan haddan ortiq foydalanish yuzaga keladi. Ekologik salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun turizm rejalarni ishlab chiqayotganda maxsus choralarni ko‘zda tutish kerak. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
-mehmonxonalar uchun suv va yelektr ta’minoti, kanalizatsiya, qattiq chiqindilarni yo‘q qilish va suv tarnovlari tizimini qurishda loyihalarga qat’iy amal qilish, to‘plangan suvlarni tozalash va qayta ishlash, isitish uchun quyosh batareyalaridan foydalanishni keng joriy qilish va sh.k. Rejalarda bundan foyda olgan holda mahalliy aholining yehtiyojlari uchun foydalanishni ham nazarda tutish;
-ekologik toza transpot va yo‘l tizimlaridan (elektr dvigatelli avtobuslar) foydalanish.
-qurilishi tugallanmagan ochiq hududlardan foydalanish, parklar yaratish, turistlik zonalardagi hududlarni obodonlashtirish;
-erdan foydalanish va ob’ektlarni rejalashtirishning maqsadga muvofiq tamoyillarini qo‘llash, zonalashtirish qoidalari, qurish va arxitekturaviy loyihalashtirish me’yorlariga rioya qilish, reklama javonlari va peshlavhalarini joylashtirishni tartibga solish;
-turistlik diqqatga sazovor joylar zonalarida keluvchilar oqimini boshqarish, keluvchilarning sonini cheklash yoki ularning kelishini umuman to‘xtatib qo‘yish. Unda modellashtirish uslublaridan, ya’ni ob’ektning o‘ziga turistlar bormagan holda tegishli diqqatga sazovor joyning nusxasini montaj qilish va ko‘rsatish;
-turistlarga kemping zonalari va piyoda yurish so‘qmoqlarida daraxtlarni kesishni, kamyob o‘simliklarni to‘plashni, yovvoyi hayvonlarning tabiiy xulq-atvorini buzishni man qilish;
-faqat nazorat qilinadigan joylardagina baliq ovi va miltiq bilan ov qilishgagina ruxsat yetish;
-ham turistlar, ham mahalliy aholining foydasi yo‘lida yekologik sog‘lomlik va xavfsizlik me’yorlarini tayyorlash.
Agar tumanda yekologik xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u holda ular haqida ushbu choralarga rioya qilish maqsadida turistlarga bu haqda xabar qilinishi kerak.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini hisoba olgan holda yekologik rejalashtirish tamoyillarini amalga oshirish ko‘plab yekologik muammolarning oldini olishga xizmat qiladi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash (AMTB)ni turizmni rivojlantirishning har bir aniq loyihasi bo‘yicha amalga oshirish zarur. Agar birorta ko‘rib chiqilayotgan loyiha yekologiyada salbiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlansa, uni tuzatishlar kiritmay turib tasdiqlash mumkin yemas. Turizmni rivojlantirishning barcha bosqichlarida AMTB choralarini qo‘llash tartibi mamlakat qonunlari bilan belgilanadi.
AMTB ta’sirning barcha turlari yekologik, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy ta’sirlarni rejalashtirish jarayonini to‘la qamrab olishi kerak.


1 Рахимова Д. Худойбердиев З., Эшонхўжаев Д. Менежмент. –Т.: Академия, 2003. 94-95 бетлар.

2 Каримов И.А. 2012 йил ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. –Т.: Ўзбекистон, 2012. 11 бет.

3 Қаранг: Шумпетер Й. Теория экономического развития. –М.: Прогресс, 1982.

4By Arturo Cuenllas. Innovation in hospitality management. Madrid. Spain. 2012 y. –p 7.

5 By Arturo Cuenllas. Innovation in hospitality management. Madrid. Spain. 2012 y. –p 8.

6 By Arturo Cuenllas. Innovation in hospitality management. Madrid. Spain. 2012 y. –p 9.

Download 49.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling