10-mavzu. O’SMİRLİk davrida psiXİk rivojlanish xususiyatlari reja


Ilk o`spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 64.59 Kb.
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi64.59 Kb.
#1121573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza.Ilk o\'spirinlik davrida psixologiyasi.

Ilk o`spirinlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Reja:
1. Ilk o’spirinlik davriga umumiy tavsif.
2. Ilk o’spirinlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari.
3. Ilk o’spirinlik davrida do’stlashish muammosining psixologik xususiyatlari, ilk o’spirinlik davrida muhabbat.
4. Ilk o’spirinlik davrida o’zini-o’zi anglashning rivojlanishi.
5. Ilk o’spirinlik davrida o’quv-kasbiy faoliyatning etakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi, kasbga yo’naltirishning psixologik muammolari.


Tayanch so`z va iboralar:
O`spirinlik, psixik, intellektual, emotsional rivojlanish, muhabbat, hissiyot, kasb, yo`nalgnlik, kamolot, fiziologik, biologik, psixologik, ijtimoiy chegara.


1. Ilk o‘spirinlik davri “kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, Chunki, psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelaveraydi. Akseleratsiya natijasida bugungi bolalarimizning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval etilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajada jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar:
I-bosqich-prebubertat; (7-11)
II-bosqich-pubertat;(12-16 кизлар, 13-17,18 угил болалар)
III-bosqich-postpubertat.(жинсий етуклик 22 ёшгача)
Yosh psixologiyasi o‘spirinlikning yoshini I - II bosqichlar bilan bog‘lab kelar edi. Akseleratsiya munosabati bilan o‘spirinlik yoshining chegarasi endi 15, 16 dan 18 yoshgacha bo‘lmoqda. Demak, aniq mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan bilimlarning hajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga bog‘liqdir.
Ilk o‘spirinlik yoshi bolalarning 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilaridir.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish davridagi ko‘proq bolalkka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik davriga yaqindir va shu jihatdan o‘rganiladi hamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi bilan (o‘rta maktabni tamomlab, litsey, kollejlarga kirishi) xarakterlanadi. Hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinlik shaxsiga, uni o‘zini anglashiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki unda ishtirok etadilar.

Download 64.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling