10-mavzu. O’SMİRLİk davrida psiXİk rivojlanish xususiyatlari reja


O’smirlik yoshida shaxsning rivojlanishi


Download 64.59 Kb.
bet2/6
Sana25.01.2023
Hajmi64.59 Kb.
#1121573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza.Ilk o\'spirinlik davrida psixologiyasi.

3. O’smirlik yoshida shaxsning rivojlanishi.
Shaxsning axloqiy jixatdan intensiv tarkib topishi, xatti-xarakatlarining axloqiy etnik nomalarini o’zlashtirish o’smirlik yoshining muxim psixologik xarakteristikalaridandir.
O’smirlik yoshida faqat jismoniy taraqiyot yuzaga kelmay, balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojzlanishi tevarak-atrofdagi voqelikning tasiri ortida maktabdagi, talim tarbiya protsessining tasirida, kolektiv va tarbiyachilarning g’oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi.
O’smirlik yoshi xatti-xarakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, manaviy etiqod, prinsip qoida, idealarining, baxolash muloxazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar kichik maktab yoshidalik davrida u yoki kattalarning, yani o’qituvchilar va ota-onalarning bevosita ko’rsatmalari bilan, yoki o’zining tasodifiy va impulsiv istaklari tasiri bilan xarakat qilgan bo’lsa, endilikda uning uchun o’z xatti-xarakatlarining prinsipi, o’zining qarashlari va etiqodlari asosiy axamiyat kasb etadi. O’qituvchi va tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong taraqqiyotiga zamin qo’yiladi.
O’smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi. Agar tanaffus paytida o’ynab turib stulni sindirib qo’ysa va uni ustaxonada tuzatish lozim bo’lsa, bu jazo emas. Agar o’zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o’smir uchun ravshan: bu jazolash emas, balki xati-xarakatlarining natijalarini tuzatishdir.
Psixolglar o’z oldilariga o’smirlar manaviy ongining mazmunini, ularning axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o’rganish vazifasini qo’yganlar. Tadqiqotlar umuman o’smirlar manaviy ongining yuksak darajada ekanligini ko’rsatadi. O’smirlarning ko’pchilik qismi yoshlarga munosib manaviy tushunchalarni to’g’ri tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz. qatiylik-«bu, odam eng qiyin ishlarni amalga oshirishga kirishganda, uning xech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmay ishni oxirigacha olib borishida ko’rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «+atiylik yaxshi odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o’smirlik yoshining oxiriga kelib chuqur anglashlik darajasi, albatta, sezilarli o’sadi. «Kamtarlik-bu, o’ziga oqilona baxo bera bilish, o’z-o’ziga va xatti-xarakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdir.»
etiqod va dunyoqarashning tarkib topishi bilan chambarchas bog’langan xolda o’smirlarning axloqiy ideallari ham yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu ideallar o’ziga xos axloqiy etalon bo’lib xizmat qiladi, o’smir esa o’z xatti-xarakatlarini ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o’smirlar uchun odatda qandaydir konkret bir kishi ideal bo’ladi bu odam o’smir yuksak darajada baxolaydigan sifatlarni o’zida gavdalantirgan bo’ladi.
Ko’pgina bunday ideal ota-onalar, o’qituvchilar yoki yaxshi ko’radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi o’smirlarda ideal sifatida majmui bo’lmish umumlashgan obrazlar ideallar sifatida yuzaga chiqa boshlaydi.
4. O’smirlar o’zlarining kelajakdagi xayot va faolitlarini o’z orzularida loyixalashtiradilar. Katta ishlar va qaxramonona kasb kishilari fan va mexnat kishilari o’smirlarimizning aql-xushini o’rab olgandir. Bu mamlakatimiz xayotidagi keng va chuqur ijtimoiy xodisalar bilan xozirgi vaqtdagi xaqiqiy qaxramonona ishlar bilan bog’liqdir. So’nggi yillarda o’smirlarning qaxramonlik xaqidagi orzu va umidlari tobora ko’proq o’z xayotini paslik fazoni zabt etishga, raketa texnikasiga, quvvatning yangi turlaridan foydalanishga, ximiya, fizika, biologiya va meditsina soxalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan bog’lanmoqda. O’smirlarimizning orzulari ularning mamlakatimiz xayotida, ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishi uchun bo’lgan ishtilishlardan darak bermoqda. O’zlarining kelajak xayotlarini, o’zlarining mamlakatimiz xayotida tutgan o’rinlarini ular boshqa sovet kishilarining xayotlari bilan maxkam bog’lanmoqdalar.
Ettinchi sinf o’quvchisi K. Veraning yozgan sherida internatsionalizm, do’stlik, xarakat qilish istagi, ozodlik uchun kurash olib borayotgan xalqlarga aktiv yordam berish xisi uchun kurash olib borayotgan xalqlarga aktiv yordam berish xissi yorqin namayon bo’lgan.
Mexribonlik bu, zaif va irodasi bo’sh odamlarda xususiyatidir, xaqiqiy (jassur) odam dangal, beparvo, sabotli, qo’polroq va keskin bo’lishi kerak.
O’smir o’g’il bolalar jasorat ko’rsatishiga, oliftalikka moyil bo’ladilar. Bu narsa bazan xatto jiddiy ravishda intizomni buzishga olib keladi. Ular: «Jassurlik» yoki dadillik bu, xayotni xavf ostida qoldirib xarakat qilish, nima uchun bo’lishidan qatiy nazar , bari-bir, odamning eng xavfli ishga kirishidan iboratdir. Bunda eng muximi ko’rmaslik. Xech kimga keragi yo’q mardlikdir, lekin xar xolda mardlik. Oqilona qo’rqoqlikdan axmoqona mardlik yaxshidir.
Maktablardan birida o’smir bolalar shunday bir mashqni o’ylab chiqarishdi: to’rtinchi qavatdagi balkondan uchinchi qavatdagi balkonga sakrab tushishardi. qo’lda osilib turib, u yoki bu yoqqa tebranib, so’ng sakrashadi. Nima sababdan ular bu ishni qilganlarini bilish uchun direktor bu bolalarni o’z kabinetiga chaqirdi. Dastavval bolalar urishib berishadi deb indamay turishdi, lekin bir ozdan so’ng dadillanib, bu qilgan ishlari «jasurlik attestati uchun imtixon» ekanini gapira boshlaydilar: Kim bu ishni qilgan bo’lsa, u jassur, kim bu ishni qilmagan bo’lsa, u ko’rqoq. Juda ko’p noxush minutlarni boshdan kechirgan direktor bolalarga bunday deydi: «Mana bunday desak, sizlarga qanday tuyularkin, kimki bu ishni qilgan bo’lsa, u axmoq, agarda kim qilmagan bo’lsa, u aqlli». Bolalar bunga shunday javob qaytarishdi: «Nima ham der edik, meni qo’rqoq degandan ko’ra, yaxshisi axmoq deb xisoblab qo’ya qoling».
O’smirlik yoshida, yani odam shaxs sifatida tarkib topayotgan bir paytda o’zini kattalardek xis qilishi, kattalarning irodalarga qarshi tura olishini anglash muximdir. Katta yoshli o’smirlardan biri o’qituvchining oldida kechirim so’rashni talab qilayotgan direktor bilan bo’lgan suxbatda mag’rur ravishda bunday deydi: «Men prinsipiall odamman, men xayotimda xech qachon va xech kimning oldida kechirim so’ragan odammasman!». Bularning hammasi o’ziga xos axloqiy dunyoqarashdan iboratdir! Psixologlar o’smirlarning xarakteristikalari bilan tanishganlaridan so’ng (o’smirlarning muloxazalari yuqorida keltirilgan edi) shu narsa malum bo’ldiki, o’smirlarning xarakteristikalari xatti-xarakatlari bilan to’la mos keladi, yani ularning axloqiy ongi xatti-xarakatlari darajasiga «o’sib chiqib», xatti-xarakatlarni belgilaydi. So’nggi paytlarda L.N. Desev o’smirlarning axloqiy tushunchalari mzmunini tadqiqot qilib (A.G. Kovalov raxbarligi ostida), ularning axloqiy kategoriyalarini tushunishlari ko’pincha yuzaki, formal xarakterga ega ekanligini ko’rsatib berdi.
O’zini anglash extiyoji xayot extiyojlaridan va amaliy faoliyatlaridan kelib chiqadi. O’zini anglash kattalarning, kolektivning o’sib borayotgan extiyojlari bilan belgilanadi. İjtimoiy xayot va kollektivga bo’lgan qiziqishning rivojlanishi munosabati bilan o’smirlarda o’z imkoniyatlariga baxo berish, kollektivda o’z o’rnini aniqlash, xatti-xarakatlari va o’z shaxsining qanday xususiyatlari uning oldiga qo’yiladigan talablarga yuksak darajada javob berishga yordam berishi yoki xalaqit berishini anglash extiyoji paydo bo’ladi. o’smirlarda o’zini anglashning rivojlanishi ularning o’z xatti-xaraktlarini anglashlaridan boshlanadi. Dastlabki paytlarda o’smirlarning o’zini anglashi asosida uning xaqida boshqa odamlarning, kattalarning (o’qituvchilar, ota-onalarning), kollektivning va o’rtoqlarining muloxazalari yotadi. Kichik yoshdagi o’smir o’ziga go’yo atrofdagi odamlarning ko’zi bilan qaraydi. Yosh ulg’ayishi bilan o’z shaxsini mustaqil taxlil qilish va baxolash tendensiyasi boshlanadi. Nixoyat shaxsning ko’p tomonlama munosabatlarini ifodalovchi murakkab sintetik sifatlar (burch xissi, qadr-qiymat, va vijdon xissi, prinsipiallik)anglanadi. Shaxsni tobora kengayib boradigan sifatlarini anglashdagi bunday izchillik malum va uni osongina tushuntib berish mumkin.



Download 64.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling