10-mavzu: Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi. Reja: Dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy asoslari va vazifalari
Download 45.68 Kb.
|
10-mavzu Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobi.
To‘rtinchi guruh. Dehqonchilik tarmog‘idagi xarajatlarning ayrim turlari oziq yetishtirish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan keyin qayta ishlov berish, poxolni yig‘ishtirish va g‘aramlash kabilar bilan bog‘liqdir. Bu xarajatlar alohida analitik schyotlarda: silos tayyorlash, senaj tayyorlash, o‘t uni, granula va briketlar ishlab chiqarish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan so‘ng qayta ishlov berish va shu kabilarda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni hisobning alohida ob’ektlari sifatida ajratish yoki ayrim qo‘shilgan va yordamchi mahsulot turlarining tannarxini aniqroq hisoblanadi yoki oziq ishlab chiqarish xarajatlarini alohida guruhga ajratish zaruriyatidan kelib chiqadi. Xarajatlar har bir analitik schyotda moddalarning belgilangan nomenklaturasiga muvofiq hisobga olinadi. Yil oxirida tegishli mahsulot turlarining tannarxi hisoblanadi yoki xarajatlar birinchi guruh ob’ektlari schyotlariga taqsimlanadi.
Donchilik sohasida xarajatlar hisobi moddalarning quyidagi nomenklaturasiga ko‘ra yuritiladi: 1. ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); 2. ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 3. ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; 4. asosiy jamg‘armalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 5. ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Chorvachilik tarmog‘i qishloq xo‘jalik iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Bu tarmoqning roli keyingi yillarda tobora o‘sib bormoqda. Hukumatimiz qarorlariga muvofiq yaqin kelajakda mollar mahsuldorligining oshishi va bir vaqtning o‘zida ular sonining o‘sishi bilan chorvachilik tarmog‘ining jadal rivojlanishi ko‘zda tutilgan. Fermer xo‘jaliklari va agrosanoat integratsiyasi negizida ishlab chiqarishni kontsentratsiyalash va ixtisoslashtirishni rivojlantirish bo‘yicha keng tadbirlar belgilangan. Jumladan, keyingi yillarda chet el texnologiyalariga asoslangan chorvachilik komplekslari va parrandachilik fabrikalari qurish yirik ko‘lamlarda amalga oshirilmoqda. Tarmoq rivojlanishidagi bunday yo‘nalish mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini arzonlashtirishga imkon beradi. Chorvachilik boqiladigan mollarning turiga ko‘ra bir qator mustaqil tarmoqlarga: qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik va boshqalarga ega. O‘z navbatida bu tarmoqlarning har biri mahsulotning ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashgan holda konkret ishlab chiqarishni qoramolchilik sut - chorvachiligini hamda mol go‘shti, parrandachiliq tuxum hamda go‘sht yetishtirishni o‘z ichiga oladi. Binobarin, chorvachilikdagi xarajatlar ishlab chiqarish sohalari va turlari bo‘yicha farqlanadi. Bu buxgalteriya hisobida o‘z ifodasini topmog‘i zarur. Boshqa sohalarda bo‘lgani singari chorvachilikda ham ishlab chiqiladigan xarajatlar bir xil emas. Ular turli konkret material xarajatlarni (oziq biopreparatlar, dori-darmonlar, turli materiallar va hokazolar), sarflangan mehnat, asosiy vositalarning qisman eskirishi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Chorvachilikdagi buxgalteriya hisobi, binobarin, xarajatlarni ularning turlari bo‘yicha qat’iy farqlashni ta’minlashi kerak. Chorvachilikdagi xarajatlar ham dehqonchilikdagi xarajatlar singari mana shu belgilar (ishlab chiqarish va xarajatlar turi bo‘yicha)ga ko‘ra tizimlashtiriladi. Biroq bu boshqa belgilar bo‘yicha hisobga olish to‘la mos keladi, degan fikrni bildirmaydi. Umuman olganda chorvachilikdati xarajatlarni hisobga olishning tuzilishi bir qator o‘ziga xosliklarga ega. Bu ushbu sohaning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Chorvachilikda mablag‘larning doiraviy aylanishi dehqonchilikda mablag‘larning doiraviy aylanishiga qaraganda muhim farq va xususiyatlarga ega. Chorvachilik tarmog‘i ishlab chiqarishiga mablag‘ sarflash, mahsulotning chiqishi singari anchagina katta bir xilligi bilan ajralib turadi. Mablag‘ sarflash va ularni aylanishdan bo‘shatish o‘simlikchilikda bo‘lgani singari vaqt nuqtai nazaridan qat’iy chegaralanmaydi, chunki chorvachilik tarmog‘idagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning anchagina bab-baravarligi va bir xilligi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlarning hammasi, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir etmasdan qolmaydi. Chorvachilikda, odatda, mablag‘ sarflash va mahsulotning chiqish muddatlarida uzoq davom etadigan uzilishlar bo‘lmas ekan, ushbu kalendar yildagi barcha xarajatlar mana shu kalendar yildagi mahsulot ishlab chiqarishga tegishli bo‘ladi (amaliyotda hamisha ham ular bir-biriga mos kelavermaydi), Binobarin, buxgalteriya hisobida chorvachilik xarajatlarini dehqonchilikda qabul qilingani singari yonma-yon yillar bo‘yicha farqlash zaruriyati yo‘q. Chorvachilikdagi barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari chiqishi xarajatlarini hisobga olish. bo‘yicha schyotlarda ifodalanadi. Chorvachilikda dehqonchilikdagi singari bajariladigan ishlar xilma-xil bo‘lmaydi. Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bajariladigan muomalalar (oziqlantirish mollarga qarash va mahsulot olish)ning bir xilligi bilan xarakterlanadi. Bu muomalalarning hammasi, odatda, uzluksiz davom etadi va vaqt e’tiboriga ko‘ra chegaralanmaydi. Binobarin, chorvachilikda dehqonchilikdan farq qilgan holda xarajatlarning ish turlari bo‘yicha vaqtga ko‘ra, ayrim muomalalar bo‘yicha aniq ifodalangan bo‘linish mavjud emas. Buxgalteriya hisobida, shunday qilib, xarajatlarni mana shu belgilar bo‘yicha bo‘limlarga ajratish uchun ehtiyoj yo‘q. Nihoyat, chorvachilikda ishlab chiqarish jarayoni, odatda, bir joyga jamlangan bo‘ladi. Masalan, sut chorvachiligi mahsulotlari qoramolchilik fermalarida, cho‘chqachilik mahsulotlari, cho‘chqachilik fermalarida ishlab chiqariladi va hokazo. Binobarin, buxgalteriya hisobida xarajatlarni ayrim ishlab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha chegaralashga ehtiyoj yo‘q (bor turdagi mol bir nechta fermada saqlanishidan boshqa hollarda) chiqishi muddatlarida uzoq davom etadigan uzilishlar bo‘lmas ekan, ushbu kalendar yildagi barcha xarajatlar mana shu kalendar yildagi mahsulot ishlab chiqarishga tegishli bo‘ladi (amaliyotda hamisha ham ular bir-biriga mos kelavermaydi), Binobarin, buxgalteriya hisobida chorvachilik xarajatlarini dehqonchilikda qabul qilingani singari yonma-yon yillar bo‘yicha farqlash zaruriyati yo‘q. Chorvachilikdagi barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari chiqishi xarajatlarini hisobga olish bo‘yicha schyotlarda ifodalanadi. Chorvachilik tarmog‘ida xarajatlarning hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: -xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va mollar guruhi bo‘yicha iqtisodiy asoslangan holda farqlash; -yetishtiriladigan mahsulotning tannarxi shakllanadigan barcha xarajatlarni iqtisodiy bir turdagi element va tarmoqlar bo‘yicha aniq ajratib chiqish; -chorvachilikdan olinadigan mahsulotning chiqishini o‘z vaqtida aniq va to‘la aks ettirish; -xo‘jalikning bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlarni aniq aks ettirish; -asosiy, tutash va yordamchi mahsulotning tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash. Chorvachilik tarmog‘idan xarajatlar va mahsulot chiqishini hisobga olish 2010- «Asosiy ishlab chiqarish « operatsion va tannarxni hisoblash 2- chorvachilik analitik schyotida olib boriladi, uning debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha esa mahsulotning chiqishi aks ettiriladi. Ushbu schyot bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish ob’ekti sifatida tarmoqlar chegarasida mollarning ayrim turlari va guruhlari ajratib ko‘rsatiladi: qoramol (sut va go‘sht chorvachiligi), cho‘chqachilik, qo‘ychilik, parrandachilik va shu kabilar. Schyot bo‘yicha hisobga olish nomenklaturasi quyidagicha. Chorvachilikda qoramol sut chorvachiligi; asosiy poda, barcha yoshdagi yosh chorva mollar va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, sigir va g‘unajinlar yetishtirish (ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda bir maqsadni ko‘zlab yetishtirish). Qoramol go‘sht chorvachiligi: asosiy poda, 8 oylikdan katta bo‘lgan yosh mol va bo‘rdoqiga boqilayotgan mol. Buqalar: buqalarning: asosiy podasi, boquvga qo‘yilgan har xil yoshdagi buzoqlar va katta yoshdagi buqalar. Qo‘toslar: qo‘toslarning asosiy podasi, barcha yoshdagi yosh qo‘toslar va boquvga qo‘yilgan katta yoshli qo‘toslar. «Chorvachilik» analitik schyoti bo‘yicha xarajatlarni schyotga olish quyidagicha xarajatlar qismlari nomenklaturasi bo‘yicha yuritiladi: 1. Moddiy xarajatlar. 2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari. 3. Ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy ajratmalar. 4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi. 5. Boshqa xarajatlar. Birinchi modda bo‘yicha xarajatlarning xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarilgan va sotib olingan oziq (em-xashak)lar hisobga olinadi. Oziq sarfi ularni turlari bo‘yicha sotib olingan va xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan oziq sarfi alohida «Oziq sarfi» jurnalida 35- shaklda schyotga olinganligi sababli schyot registrida qo‘shib birga hisobga olinadi. Oziqni oziq tsexida tayyorlash va unga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ham ularni tegishli analitik schyotlarda chiqarib tashlash yo‘li bilan mana shu moddaga kiritiladi. Ikkinchi modda bo‘yicha hayvonlarning muayyan turi yoki guruhiga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan chorvachilik xodimlarining: sut sog‘uvchilar, molboqarlar, smenali ishchilar, buzoqboqarlar, cho‘chqaboqarlar, cho‘ponlar, parranda-boqarlar va boshqalar (mexanizmlarga qarovchi xodimlar ham shu jumlaga kiradi) asosiy va qo‘shimcha (mehnat haqi uchun) hisobga olinadi. Mehnatga tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lash, hayvonlarning mahsuldorligini oshirish uchun, mahsulot uchun, mollar bosh sonini saqlash uchun, mahsulot sifati uchun, saralash uchun, yaylovlardagi mollarga qaraganlik uchun, brutsellyoz bilan og‘rigan mollarga qaraganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar va mukofotlar, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar ham shunga kiradi. Xodimlar hisobga olinadigan bir necha guruh mollarga bir vaqtning o‘zida xizmat qilgan hollarda mehnatga haq to‘lash xarajatlarini hisobga olishning turli ob’ektlariga ko‘rsatiladigan mollar bosh soniga yoki har bir hisob guruhiga sarflangan oziqning kunlar soniga proportsional taqsimlanadi. Download 45.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling