10-mavzu: qiyshiq va to‘G‘ri burchakli aksonometriyalar. Reja


Qiyshiq burchakli gorizontal izometriya (zenit aksonometriyasi)


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1307213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Ma\'ruza. Qiyshiq va to‘g‘ri burchakli aksonometriyalar

Qiyshiq burchakli gorizontal izometriya (zenit aksonometriyasi).  
Zenit aksonometriyasi juda katta qurilish maydonida joylashgan binolar
yo‘llar va aerodromlar va hokazolarning o‘zaro joylashuvini kichik masshtabda 
ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 


 Chunki bunday aksonometriyada binolar, yo‘llar, aerodromlar, umuman 
figuralarning planlari o‘zgarmasdan tasvirlanadi. 
10.6-rasm 10.7-rasm 
Zenit aksonometriyasida aksonometrik o‘qlarni joylashishi 10.7-rasmda 
ko‘rsatilgan. Mashinasozlikda biror detalning ustdan ko‘rinishida uning 
elementlarida ko‘proq aylanalar tasvirlangan bo‘lsa, uning yaqqol tasvirini tezroq 
chizish maqsadida zenit aksonometriyada chizish tavsiya etiladi. 
10.7-rasmda detalning yaqqol tasviri zenit aksonometriyasida tasvirlangan.
Gorizontal izometriya. Koordinata o‘qlarining chizilishi 10.8-rasm, a, b, с 
larda ko‘rsatilgan bo‘lib, x va у o‘qlar oralig‘i doimo to‘g‘ri burchakligida 
saqlanadi. Bu yerda у o‘qning o‘zgarishiga qarab x o‘q ham o‘zgaradi. Gorizontal 
izometriyada H da aylana o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlansa, qolgan V va W 
tekisliklarda ellipslar ko‘rinishida boladi. у o‘q 30° da olinsa (10.9-rasm, а) V da 
aylana k atta o‘qi AB=1,37 d, kichik o‘qi CD=0,37 d bolsa, ellips ko‘rinishida, W 
da k atta o‘qi AB=1,22 d, kichik o‘qi CD=0,71 d ga ega bolib, u ham ellips 
ko‘rinishida tasvirlanadi. Ularni ovallarga almashtirib chizish 10.4-rasm, a va 10.4-
chizma, d, e larda ko‘rsatilgan. Faqat ularning k atta va kichik o‘qlarining 
gorizontal izometriyada joylashishiga e’tibor berilsa kifoya. 
 
10.8-rasm. 
у o‘q 45° da olinsa (10.9-rasm, b), aylana V va W larda bir xil ko‘rinish va 
kattalikdagi ellipslarda tasvirlanadi. Ularni chizish 10.4-chizma, b da ko‘rsatilgan. 
у o‘q 60° olinsa (10.9-rasm, c), aylana V da k atta o‘qi AB=1,22 d, kichik 
o‘qi CD=0,71d qiym atlarga ega bolgan ellipslar ko‘rinishida tasvirlanadi. W da 
esa k atta o‘qi AB=1,37 d, kichik o‘qi CD=0,37d ga teng ellips ko‘rinishida 
bajariladi. Bunday ellipslarni ovallarga almashtirib chizish 10.4-rasm, a, b va 10.4-


chizma, b larda keltirilgan. U larni gorizontal izometriyada tatbiq qilish uchun k 
atta va kichik o‘qlarining joylashishiga e’tibor berish tavsiya etiladi. 
10.9-rasm
Gorizontal izometriyada detalning proyeksiyalari qanday tasvirlanishiga 
qaramay uning aylanalari H ga parallel vaziyatga almashtirilib chiziladi (10.10-
rasm, a, b). Detaldagi teshikni ochib ko‘rsatish maqsadida chorak qismi qirqib 
olinadi. Kesimni shtrixlash sxemasi 10.10-rasm, с da berilgan. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling