10-MAVZU: QIYSHIQ VA TO‘G‘RI BURCHAKLI
AKSONOMETRIYALAR.
Reja:
1. Izometrik proeksiyalar va ularning turlari.
2. Dimetrik proeksiyalar va ularning turlari.
3. Trimetrik proeksiyalar va ularning turlari.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga aksonometrik proyeksiyalar,
haqiqiy va keltirilgan aksonometriyalarni o‘tkazishni talabalarga o‘rgatish.
Chizma chizish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Tayanch so‘zlar: Proyeksiya,
aksonometriya, izometriya,
dimetriya,
proyeksiya turlari, frontal dimetriya.
Vizual ma’ruza materiallar:
1. Izometrik proeksiyalar va ularning turlari.
To‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi.
Izometriya yunoncha so‘z bo‘lib,
isos – bir xil (teng) degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumki, to‘g‘ri burchakli aksonometriyada o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish
koeffitsentlari kvadratlarning yig‘indisi 2-ga tengdir, ya’ni
Kx
2
+Ky
2
+Kz
2
=2 bo‘ladi. (1)
To‘g‘ri burchakli aksonometriyaning standartlashtirilgan izometriya,
dimetriya va trimetriya turlari mavjud.
Izometriya. Standart izometriyada o‘qlar bo‘yicha uchala o‘zgarish
koeffitsentlari o‘zaro teng, ya’ni
Kx=Ky=Kz bo‘ladi. Bunda (1)
ifodaga asosan
3Kx
2
=2 bo‘lib,
Kx=
=
0,82 ga teng bo‘ladi. Bu qiymatni aksonometriyada nazariy
o‘zgarish koeffitsentlari deb yuritiladi.
Biror buyumning bu koeffitsent orqali to‘g‘ri
burchakli izometriyasini
yasash uchun uning har bir nuqtasining
X, Y, Z koordinatalarini yoki buyumning
eni, bo‘yi va balandligini 0,82 ga ko‘paytirib so‘ngra yaqqol tasvirini yasashga
to‘g‘ri keladi.
Ammo amaliyotda buyumning to‘g‘ri burchakli
izometriyasini yasashda
o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffitsentlarini
Kx=Ky=Kz=1ga
teng qilib olinsa,
chizish surati birmuncha tezlashadi. Bunda buyumning izometriyasi 1,22 marta
kattalashgan bo‘ladi. Chunki izometriyada
keltirish koeffitsenti m
teng bo‘ladi To‘g‘ri burchakli izometriyada buyumning asliga to‘g‘ri keladigan
yaqqol tasvirini yasash uchun quyidagi burchakli
masshtabdan ham foydalanish
mumkin.