10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i
Download 104.93 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
10.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig’i
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy daromaddan umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi qarorini tahlil qilishni 10.2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma’lumotlari berilgan. Ikkinchi ustun firmaning umumiy daromadini ifodalasa, ya’ni 1 litr sut $6 narxini miqdor ko’paytmasiga teng, uchinsi ustun firmaning umumiy harajatini ko’rsatadi. Umumiy harajat doimiy harajatlarni o’z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o’zgaruvchan harajatlar esa mahsulotning miqdoriga bog’liq. To’rtinchi ustunda firmaning foydasi ko’rsatilgan, bu umumiy daromaddan umumiy harajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa, u 3$ yo’qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$, agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani maksimallashtirishdir. Misolga ko’ra, firma to’rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi. A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli harajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi mumkin. 10.2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy harajatlar hamda mahsulot miqdorlari o’zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli daromad va chekli harajatlarni va oxirgi ustun har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan miqdor uchun foydani ko’rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 2 $dir. Shu sababli 1 litr sut ishlab chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi 3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat o’zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli harajatlari esa 7 $dir. Shu sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi. Agar chekli daromad chekli harajatlardan yuqori bo’lsa, firma yana sut ishlab chiqargani ma’qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli harajatlardan past bo’lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma’qul. Agar A firma yaxshilab o’ylab cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani maksimallashtirgan bo’ladi. 10.2-jadval Foydani maksimallashtirishga doir misol Tahlilimizni davom ettirib, 10.1-rasmdagi harajatlar egri chizig’ini ko’rib chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli harajatlar egri chizig’i yuqoriga qarab ko’tariladi. Umumiy o’rtacha harajatlar esa U shakliga ega bo’ladi. va chekli harajatlar egri chizigi umumiy o’rtacha harajatlarning eng oxirgi minimum nuqtasida tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal chiziq bilan ko’rsatilgan. Uning o’rtacha va chekli daromadlariga mos keladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot miqdoriga bog’liq emas. Narx chizig’i gorizontaldir, chunki firma narxni qabul qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar narx bir xil bo’ladi. Shuni esdan chiqarmangki, raqobatli firmaning o’rtacha va chekli harajatlari kabi narxlari ham tengdir. 10.1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni Q1. Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli harajatlardan ko’p bo’ladi. Ya’ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko’paytirsa, qo’shimcha daromad qo’shimcha harajatlardan ustun bo’ladi. Foyda, ya’ni umumiy daromaddan umumiy harajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo’ladi va u o’sib boradi. Bu jadvalda chekli harajatlarning egri chizig’i, o’rtacha umumiy harajatlar, o’rtacha o’zgaruvchan harajat egri chizig’i ko’rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling