10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori
Download 104.93 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.2-rasm. Chekli harajatlar raqobatlashgan firmaning taklif chizig’i sifatida
11.4. Faoliyatni to’xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori
Biz firmalarning qancha mahsulot ishlab chiqarishini tahlil qildik. Ba’zi hollarda firma mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatib, firmani yopishi mumkin. Bunda firmani vaqtincha yopilishi yoki bozordan butunlay chiqib ketishi o’rtasidagi farqni tushunish lozim. Firma faoliyatni to’xtatish bu qisqa muddatli qaror bo’lib, bozordagi shart- sharoitdan kelib chiqqan holda u biroz muddatga mahsulot ishlab chiqarishni to’xtatib turadi. Firmaning bozordan chiqishi esa uzoq muddatli qaror bo’lib, bunda u bozorni tark etadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli qarorlar bir- biridan farq qiladi, sababi qisqa muddatli davrda ko’p firmalar doimiy harajatlarni oldini ololmaydi, ammo bu uzoq muddatli davrda qaror qabul qilishda amalga oshadi. Yana, vaqtinchalik faoliyatni to’xtatib turishda firma doimiy harajatlarni to’lashiga to’g’ri keladi, bozorni tark etayotgan firma esa doimiy harajatlarni ham, o’zgaruvchan harajatlarni ham to’lashi shart emas. Misol qilib, fermerlar qabul qiladigan ishlab chiqarish qarorini olaylik, yer uchun harajatlar fermerning doimiy harajatlaridir. Agar fermer bir mavsumda dehqonchilik qilishni istamasa, uning yeri bo’sh yotadi va u harajatini qoplay olmaydi. Bunday holatda bir mavsum uchun vaqtinchalik faoliyatni to’xtatishga to’g’ri keladi. Agar fermer dehqonchilikni butunlay tashlashni xohlasa, yerni sotishiga to’g’ri keladi. 10.2-rasm. Chekli harajatlar raqobatlashgan firmaning taklif chizig’i sifatida 10.2-rasmdagi, narxlarning P 1 dan P 2 ga ko’tarilishi firma foydasini Q 1 dan Q 2 ga oshiradi. Chekli harajatlar egri chizig’i bozorning har qanday narxlarida firmaning taklifi miqdorini ko’rsatganligi sababli, bu firmaning taklif egri chizig’idir. Endi keling fermerni qaysi holatda o’z faoliyatini to’xtatishi mumkinligini ko’rib chiqamiz. Agar fermer o’z faoliyatini to’xtatsa, u mahsulotdan oladigan daromadini yo’qotadi. Shu bilan birgalikda mahsuloti uchun o’zgaruvchan harajatlarni tejab qoladi, ammo doimiy harajatlarni to’lashda davom etadi. Shunday qilib, firma o’z faoliyatini uning daromadi ishlab chiqarishning o’zgaruvchan harajatlaridan past bo’lsagina to’xtatishi mumkin,. Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to’xtatish tushunchasiga oydinlik kiritadi. Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o’zgaruvchan harajatlar deb olsak, unda firma qarori quyidagicha yoziladi: TR < VC Agar o’rtacha umumiy daromad o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, firma o’z faoliyatini to’xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo’lish orqali amalga oshiramiz. TR/Q < VC/Q Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q) ko’paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o’zgaruvchan harajatlarni miqdorga bo’linishidan o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar (AVC) chiqadi. Va firma o’z faoliyatini to’xtatilishi quyidagicha ifodalanadi: P < AVC Agar mahsulot narxi o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan past bo’lsa, firma o’z faoliyatini to’xtatadi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan harajatlarni qoplamasa, firma o’z faoliyatini to’xtatgani ma’qul. Firma o’z faoliyatini to’xtatishi bilan o’z mablag’larini yo’qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan ham ko’proq mablag’ yo’qotishlariga to’g’ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar o’zgarib narx o’rtacha o’zgaruvchan harajatlardan ortiq bo’lishiga olib kelsa, firma qayta ochilishi mumkin. Download 104.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling