10-mavzu. Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlilining xususiyatlari reja


Download 64.15 Kb.
bet8/9
Sana25.02.2023
Hajmi64.15 Kb.
#1229036
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu. Ma\'ruza matni

10.4. Mahsulot tannarxining tahlili

Mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xarajatlar talab qilinadi. Xarajatlarning pulda ifodalanishi mahsulot tannarxini tashkil etadi. Mahsulot tannarxi sanoat korxonalarida ish samaradorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. U xarajatlardan foydalanishning samaradorlik darajasini, mehnat unumdorligini, ishchilarga to’lanadigan mehnat haqini, asosiy fondlardan, xom ashyo materiallaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Sanoat korxonalari xo’jalik hisobida ishlash jarayonida mahsulot tannarxining pasayishi muhim ahamiyatga ega.


Mahsulot tannarxini tahlil qilishda hisobot davridagi mahsulot tannarxi rejadagi hamda o’tgan yilgi tannarxi bilan taqqoslanadi.
Mahsulot tannarxi tahlilining vazifalari quyidagilardan iborat: umumiy xarajatlar sarfiga baho berish, xarajatlar elementlari va moddalari bo’yicha qanday sarflanganligini tekshirish, bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni tahlil etish, uning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash, xarajatlarning ayrim moddalarini alohida-alohida tahlil qilish, tahlil natijalariga ko’ra, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini belgilash.
Tahlilning dastlabki bosqichida taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan mahsulot tannarxi tahlil qilinishi zarur. Taqqoslanadigan mahsulot tannarxi bir necha yillar davomida ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini oldingi yilgi mahsulot tannarxi bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Bunday mahsulot tannarhiga taqqoslanadigan mahsulot tannarxi deyiladi. Korxonada ilk bor ishlab chiqarilayotgan muayyan mahsulot tannarxini hech qanday ko’rsatkich bilan taqqoslab bo’lmaydi. Bunday mahsulot tannarxiga taqqoslanmaydigan mahsulot tannarxi deb ataladi.
Tahlil jarayonida korxona uchun eng muhim ko’rsatkichlardan biri bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajatlarni aniqlashdan iborat. Chunki bir so’mlik tovar mahsuloti uchun xarajatlarning pasayishi korxona moliyaviy natijalariga to’g’ridan - to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat mahsulotning to’liq tannarxini tovar mahsulotiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni tahlil qilishdan maqsad bir so’mlik tovar maqsulotiga qilingan xarajatlar o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdir.
Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun ketgan xarajatlar o’zgarishiga: rejaga nisbatan mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulotlar tarkibiy tuzilishining o’zgarishi, xom ashyo materiallariga qo’yiladigan bahoning o’zgarishi, sotiladigan mahsulot turlari va assortimentining hamda bahoning o’zgarishi kabi omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tahlil jarayonida mahsulot tannarxining xarajat elementlari, ya’ni moddiy xarajatlar, mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urta ajratmalari, asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va boshqa xarajatlar o’tgan yilgi xarajat elementlari bilan taqqoslanib, ularning jami xarajatlardagi salmog’i xamda tejalgan va ortiqcha sarflangan qismi aniqlanishi zarur.
Xarajatlarning elementlari bo’yicha sarfiga baho berilgandan so’ng mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kalkulyatsiya moddalari bo’yicha tahlil qilish zarur. Ularga xom ashyo materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, energiya, asosiy va qo’shimcha mehnat haqi, ishlab chiqarishni o’zlashtirish, asbob - uskunalarni saqlash, tsex xarajatlari, umumzavod xarajatlari, brak xarajatlari va ishlab chiqarishdagi boshqa xarajatlar kiradi.
Xarajatlarni moddalari bo’yicha tahlil qilish qaysi modda bo’yicha ortiqcha sarfga yo’l qo’yilgan, qaysi modda bo’yicha tejamkorlikka erishilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. Agar taqqoslash natijasida ortiqcha sarflar aniqlansa, korxona ma’muriyati bunday sarflarning oldini olish choralarini ko’rishi zarur.
Xarajatlar orasida material xarajatlarining ulushi yuqori. Shuning uchun material xarajatlari sarfini tahlil qilishga alohida to’xtalib o’tish zarur.
Ta’kidlash kerakki, material xarajatlarining o’zgarishi asosan eng muhim ikkita omilga, bog’liq. Ularning birinchisi, sarflanadigan material xarajatlari me’yorining o’zgarishi; ikkinchisi, material xarajatlari bahosining o’zgarishidir.
Material xarajatlari o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni tahlil qilish uchun 8-jadvaldagi shakldan foydalaniladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki material xarajatlari, atlas bo’yicha 85 so’mga, krepdishin bo’yicha 33 so’mga va pombarxat bo’yicha 150 so’mga ko’paygan, faqat shifon bo’yicha 120 so’mga kamaygan. Xarajatlarning ko’payishiga quyidagilar sabab bo’lgan: atlas bir kishi uchun me’yordagidan ko’proq sarflangan, boz ustiga hisobot yilida baho ham rejadagiga nisbatan yuqoriroq bo’lgan. Boshqa mahsulotlar bo’yicha xarajatlarning o’zgarishiga ham me’yor va bahoning o’zgarishi ta’sir ko’rsatgan. Me’yor va baho o’zgarishi hisobiga jami ishlab chiqarilgan mahsulotga sarflangan material xarajatlari summasini hisoblab chiqish mumkin.
Misolimizda atlas bo’yicha me’yor va bahoning o’zgarishi jami ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan material xarajatlarining 102850 so’mga, shundan krepdishin bo’yicha 32010 so’mga va pombarxat bo’yicha 161250 so’mga ortiqcha sarflanishiga olib keldi. Faqat shifon bo’yicha material xarajatlari 160200 so’mga tejalgan. Bunga asosan xaqiqatdagi me’yor sarfini rejadagiga nisbatan kamaytirish hisobiga erishilgan.
Sanoat korxonalarida tannarxni tahlil qilishda umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflangan xarajat hisoblanadi. Tahlil jarayonida bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflangan xarajatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bir so’mlik tovar mahsuloti xarajatlari o’zgarishiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibining o’zgarish, materiallar bahosining o’zgarishi, ayrim mahsulotlar tannarxining o’zgarishi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini aniqroq bilish uchun kalkulyatsiya varaqlarida berilgan xarajatlarni har taraflama o’rganish zarur. Birinchi navbatda tahlilga, ko’proq sarflarga yo’l qo’yilgan moddalar jalb qilinadi, sarflar yuqoriligining sabablari o’rganiladi va ularni pasaytirish yo’llari belgilanadi.

Download 64.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling