10-mavzu. Sanoat korxonalari xo’jalik faoliyati tahlilining xususiyatlari reja


-jadval Mahsulot ishlab chiqarish rejasining belgilangan turlari va assortimenti buyicha bajarilishi tahlili


Download 64.15 Kb.
bet4/9
Sana25.02.2023
Hajmi64.15 Kb.
#1229036
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu. Ma\'ruza matni

2-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining belgilangan turlari va assortimenti buyicha bajarilishi tahlili



Mahsulot turlari

Mah-sulot birligini bahosi

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona

Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati, ming so’m

reja

haqi-qatda

rejaning bajarilishi,%

reja

haqi-qatda

belgilangan assortiment hisobiga

1.Mahsulot

11000

346

354

102,3

3806

3894

3806

2.Mahsulot

12500

320

400

125,0

4000

5000

4000

3.Mahsulot

9400

383

383

100,0

3600

3600

3600

4.Mahsulot

8000

400

375

93,7

3200

3000

3000

Jami













19110

19694

18606

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, reja mahsulot hajmi bo’yicha 103% bajarilgan (19694 : 19110 x 100), lekin belgilangan assortiment bo’yicha bajarilmagan, assortiment bo’yicha rejaning bajarilishi 97,3%ni tashkil etgan (18606 : 19110 x 100). Assortiment bo’yicha reja bajarilmasligiga 4-yo’nalishdagi mahsulot rejalashtirilganiga nisbatan 25 donaga kam ishlab chiqarilgani sabab bo’lgan. Korxona rahbariyati bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishlari va ular takrorlanishining oldini olish choralarini ko’rishlari zarur.


Keyingi bosqich ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatlilik darajasiga qaratilmog’i lozim.
Mahsulot sotish rejasining bajarilishi ko’p jihatdan ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga ham bog’liq. Darvoqe, mahsulot sifatining yaxshilanishi, o’z navbatida, sotilgan mahsulot hajmi ko’payishiga va foyda miqdori oshishiga olib keladi. Mahsulotning sifati xalq xo’jalik tarmoqlarida har xil ko’rsatkichlar bilan belgilanadi. Bu ko’rsatkich, masalan, mashinasozlik sanoatida Davlat standarti talabiga mosligi (GOST), engil sanoat, to’qimachilik va oziq-ovqat korxonalarida navlari bo’yicha aniqlanadi, ba’zi korxonalarda esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo’yicha bildirilgan e’tiroz yoki kelib tushgan shikoyatlarga ko’ra belgilanadi.
Mahsulot sifatini tahlil qilishdan maqsad uning o’rtacha sifatlilik darajasini, sifat o’zgarishining sotilgan mahsulot hajmi o’zgarishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
Sanoat korxonalarida o’rtacha sifatlilik darajasi quyidagi uch xil yo’l bilan aniqlanadi:
* o’rtacha sifatlilik darajasini o’rtacha tortilish usulida aniqlash;
* o’rtacha sifatlilik darajasini o’rtacha shartli birinchi navga aylantirish yo’li bilan aniqlash;
* sifatlilik darajasini o’rtacha tortilish bahosida aniqlash.
Sifatlilik darajasini o’rtacha tortilish usulida aniqlash jarayonida, birinchi navda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori birga, ikkinchi navdagi mahsulot miqdori ikkiga va uchinchi navdagi mahsulot miqdori uchga ko’paytirilib, jami ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo’linadi. Mahsulotning o’rtacha sifatlilik darajasini bu usulda aniqlash uchun 3-jadvaldagi shakl tuziladi.

Download 64.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling