10-Mavzu: Shaxsga y
O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi
Download 19.92 Kb.
|
10-Mavzu Shaxsga yunaltirilgan axborot psixologik va madaniy taxdidlar
O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi
O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi va boshqa iqtisodiy hamda ijtimoiy salohiyati uning manfaatdor kuchlar tomonidan "axborot hurujlarining obyekti" sifatida qaralishi ehtimolini keltirib chiqaradi. "Aslida, hayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan iborat. Taraqqiyotning ma'no-mazmuni, kerak bo‘lsa, falsafasi ham shunda. Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda ogoh va sergak bo‘lishdadir", degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov. "Sovuq urush" davrida yadroviy hurujlardan cho‘chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz tajovuzlaridan saqlanish yo‘llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o‘zining mash'um basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda. Shu bois, ko‘plab davlatlarning oldida axborot- kommunikatsiya va kompyuter tizimlarida ishonchli axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi turibdi. Dunyoda kim axborot bozorini egallasa, o‘sha hukmronlik tizginini tutadi, deyishadi. Chunki ayni paytda dunyoni inson emas, aynan axborot boshqarmoqda. SNN bilan BBS ning ovozi yetmayotgan joyda "Al-jazira"ning mahsulotlari sotilayotgan ekan, bu axborot bozorida yangicha qarashning paydo bo‘lishiga imkon beradi. Shu o‘rinda rossiyalik olim A. Zinovevning "Globallashuv yangi jahon urushi. U yangi tipdagi jahon urushi" degan ta'kidi kishini ancha sergak torttiradi. Yana bir olim A.Parshev esa "Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini dunyodagi asosiy zahiralarni o‘zlashtirishdan iboratdir" deydi. Ochig‘i bu kabi farazlarning mohiyatida globallashuv jarayoniga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, uning zamiridagi "siyosiy o‘yin"larni fosh qilishga nisbatan norozilik yotibdi desak, to‘g‘ri bo‘lar edi. Ayrim gegemonlik vasvasasiga tushgan davlatlarning globallashuv geosiyosati negizida "Demokratiyani faol ilgari surish prinsipi" yotibdi. "Universal va barchaga taalluqli" demokratiyani jahonga yoyishga urinishlar, bugungi kunda jadallashib ketganidan ko‘z yuma olmaymiz. Demak, "demokratchi"lar o‘z g‘oyalari va turmush tarzini tiqishtirmoqchi bo‘lmoqdalar. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham "Axborot asri" - deb nom olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bog‘liqligini ta'kidlashmoqda. Shu o‘rinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron ko‘rinishdagi ma'lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot tizimlariga buzg‘unchilik maqsadida ta'sir etishni ko‘zda tutuvchi yangi "axborot quroli"ning ta'siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o‘tish joiz. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko‘rish va ularning benuqson faoliyatini ta'minlashga da'vat etmoqda. Globallashuvning avj olishi millat "chegaralarini" yo‘q qilib yubormoqda, ommaviy ma'naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir millatga xos bo‘lgan urf-odat, an'ana, qadriyatlar o‘z ahamiyatini "yo‘qota" borish xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma'naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishga, ularning o‘zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Umuminsoniy ma'naviyat turli-tuman millatlarning o‘ziga xos boshqa millatlar uchun ham ma'naviy oziqa bera oladigan qirralarini o‘zida mujassamlashtirganligi bois, tabiiy ravishda keng yoyilib boradi hamda jahonda yashayotgan turli millatlarning ma'naviyati rivojlanishiga yordam beradi. Shuning bilan birga umuminsoniy ma'naviyatning shakllantirish jarayonining o‘zi ham milliy ma'naviyatlar rivojlanishiga yordam beradi. Download 19.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling