Ko’rinib turibdiki, olomonda yoki to’dada barqaror tizimli manfaatlar, strategik ijtimoiy maqsad va vazifalar bo’lmaydi. Binobarin, ularni qondirish, yuzaga chiqarish, amalga oshirish kabi tizimli g’oyalar, qarashlar, mafkuraviy va madaniy vositalar ham bo’lmaydi. Bu yerda gap jamiyat a’zolari, fuqarolarning umuman ehtiyojlari, qiziqishlari haqida ketmayapti. Jamiyatga futbol ham kerak, futbol ishqibozlari ushbu sport turi rivojlanishidan ma’naviy manfaatdor. Teatr yoki transport rivjlanishi haqida ham shunday deyish mumkin. Bu yerda gap bekatda, stadionda, teatrda o’sha damda to’plangan kishilar yig’indisi haqida ketmoqda. Ommaviy madaniyatning olomon va to’da madaniyati emasligi zamonaviy sivilizatsiya, zamonaviy jamiyatning usiz faoliyat ko’rsata olmasligida yaqqol ko’rinadi.
Ommaviy madaniyat nafaqat zamonaviy sivilizatsiyaning mahsuli, shuningdek uning ijtimoiy-madaniy negizi hamdir. Ommaviy madaniyat tushunchasining ilmiy mazmuni aynan ushbu yo’nalishda, ya’ni postindustrial jamiyat, axborot texnologiyalari, globallashuv asri hodisasi sifatida konkretlashib, barqarorlashib bormoqda.
Albatta, barcha muammolarni bir kunda, bir hamla bilan yechib bo’lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu sa’y-harakatlarimiz samarali bo’lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda yolg`on qadamlardan, oson yechimlar qidirishdan ehtiyot bo’lmog`imiz juda muhim. Har bir ishda qiyinchilikni bo’yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi. Ayniqsa, biz ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari o’z vazifamizga mas’uliyat bilan yondoshsak, “farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash”22dan, shu yo’l bilan ular ongida “mafkuraviy immunitet” hosil qilishga urinishdan charchamasak, millatimiz yana buyuk millat bo’ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat kasb etadi. Muallimning mehnati samarasi uzoq kelajakka ulanib ketadigan ezgu mehnat.
“Kimki axborotga ega bo’lsa, u dunyoga egalik qiladi”, degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyatni yanada rivojlantirish kelgusida jamiyatimiz oldida turgan muhim va ustuvor vazifalardan ekanini ta’kidlash zarur:
yoshlarning axborot muhitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish tizimini shakllantirish;
o’sib kelayotgan avlodning media savodxonligini muntazam oshirib borish;
virtual axborot hududida yoshlarning ustuvor nuqtai nazarlari va qiziqishlarini muntazam o’rganish;
kelajak avlodning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborotdan aholini himoya qilish;
yoshlarning ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi “ommaviy madaniyat”ning salbiy ko’rinishlari tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy mohiyatini fosh etuvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish;
ta’lim muassasalarida media ta’limni yo’lga qo’yish, talabalarda axborot madaniyati va axborot savodxonligini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |