10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja


Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo’lishini ta’minlash


Download 72.52 Kb.
bet24/26
Sana19.06.2023
Hajmi72.52 Kb.
#1603270
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti

Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo’lishini ta’minlash, yurtdoshlarimizning ma’naviy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, shu bilan birga, yosh avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’lumotlarni global tarmoq orqali tarqatib borishni din va ta’lim, OAV lari sohasidagi tashkilotlar oldida turgan asosiy vazifa sifatida qayd etish mumkin.Bugun axborot ham iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o’zida uni(axborot) iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar axborot himoyasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, axborotlarni to’g’ri baholay olishi, salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur.
Axborot iste’mol madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat, mediasavodxonlik darajasini yuqoriligi, infoetikaga rioya qilish va malaka tizimini anglatadi.
Inson o’zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, hech bo’lmaganda

  • Bu axborotni kim uzatayapti?”,

  • Nima uchun uzatayapti?” va

  • Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o’z-o’ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak. Shundagina turli g’arazli g’oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabar yoki axborot(u matnli, audio, vizual, kino, videorolik, reklama, bosma nashr, suratli yoki multfilm shaklida bo’lishi mumkin), ma’lumotlarga nisbatan o’ziga xos qalqon rolini o’taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Jamiyatning barcha a’zolarida, xususan yosh avlodda bu jihatlar ya’ni axborot va media savodxonligi shu darajada shakllangan va rivojlangan bo’lishi lozimki, ular virtual makonda, barcha axborot maydonida o’zining ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga, umummilliy manfaatlarga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Faqat shundagina, globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet va axborot savodxonligi, mediasavodxonlik darajasi yuqori rivojlanadi.



Download 72.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling