10-Mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar (2soat) Psixologik operatsiyalar axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish


Download 228.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi228.54 Kb.
#1365810
  1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu Shaxsga yunaltirilgan axborot psixologik va madaniy taxdidlar



10-Mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar (2soat) 
Psixologik operatsiyalar - axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish 
XX asrning o‘rtalaridan boshlab ayrim rivojlangan davlatlar, xususan, AQSH boshqa 
mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatishda nohukumat notijorat va xalqaro tashkilotlar hamda 
ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan. Bu vositalar orqali aholi va ayrim 
shaxslarning ongiga ta’sir qilingan. 
Maxsus markazlar tomonidan ishlab chiqilgan axborot-psixologik tahdidlar inson tabiatining 
nozik xususiyatlari va jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlari o‘ta ustamonlik bilan 
qamrab olingan. 
“Psixologik urush”, “axborot urushi”, “psixologik operatsiyalar”, “axborot-psixologik kurash 
olib borish”, “psixologik himoya” singari atamalar o‘zida axborot-psixologik ta’sir 
ko‘rsatishning mazmun-mohiyatini ifodalaydi. 
AQSHning Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan XX asrning 50-60-yillarida 
«odamlarni qayta dasturlash», “ongni yuvish” borasida keng ko‘lamli tadqiqotlar olib 
borilgan. Ijtimoiy ongga ta’sir etuvchi samarali usullarni o‘ylab topish va ular orqali 
odamlarni boshqarish maqsadida bu sohaga katta mablag‘ sarflangan. Shunday loyihalar 
ustida ishlagan olimlardan biri doktor Iven Kameron 1946 yil chop etilgan “Ijtimoiy 
psixiatriyaning chegaralari” asarida ijtimoiy psixiatriya fuqarolar ustidan nazorat o‘rnatishga 
xizmat qiladigan, ularda ijtimoiy fikr, e’tiqod va hayot tarzini shakllantiruvchi usullarni ishlab 
chiqishga yordamlashishi zarurligini ta’kidlagan. 
Psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi yutuqlar axborot-psixologik urush olib borishga 
keng imkoniyatlar yaratdi. 
A.Karayani “Zamonaviy urushlarda axborot-psixologik qarshilik ko‘rsatish” sarlavhali 
maqolasida AQSHda hozirgi paytda FM 100-6 “Axborot operatsiyalari”, FM 33-1 
“Psixologik operatsiyalar” singari dala dasturlaridan foydalanilayotgani va axborot urushini 
olib borish sohasida mutaxassislar tayyorlanayotgani haqidagi ma’lumotlarni keltirgan. 
Amerikalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, axborot urushi olib borishning alohida 
konsepiyalari AQSH tomonidan uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan, sobiq 
Varshava shartnomasiga a’zo davlatlarga ana shunday axborot-psixologik tadbirlar 
qo‘llanilgan. AQSH Fors ko‘rfazi (1990-91 yillar), Gaiti (1994 yil), Bosniya va 
Gersegovinadagi (1996 yil) harbiy amaliyotlar davrida ham keng ko‘lamli axborot va 
psixologik tadbirlarni amalga oshirgan. O‘z maqsadini ko‘zlab turli yolg‘on ma’lumotlar 
tarqatish bu operatsiyalarda oddiy hol sanaladi.A.Manoylo va A.Petrenko singari 
tahlilchilarning yozishicha, AQSHning Iroqdagi operatsiyalari davrida ham turli-tuman 
axborot qurollaridan samarali foydalanilgan. Ular orqali ommaviy va individual ongga ta’sir 
ko‘rsatilgan. Masalan, o‘sha paytda zotiljam kasalligining yangi turi to‘g‘risida mish-mishlar 
tarqatilgan. Bu axborot-psixologik ta’sir butunlay ijtimoiy fikrga emas, balki har bir shaxsga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, ular Iroqda bo‘layotgan voqealarni biroz unutishga xizmat qilgan. 
Boshqacha aytganda, og‘ir kasallik haqidagi mish-mishlar orqali odamlarning ijtimoiy fikri 
chalg‘itilgan.A.Karayanining yuqorida nomi tilga olingan maqolasida yozilishicha, AQSH 
Qurolli kuchlarining “Yagona istiqbol-2010” hujjatida XXI asrda qurolli kurashning asosiy 
xususiyati axborot sohasidagi kurashga e’tibor berish va har qanday raqib ustidan axborot 
hukmronligiga erishish hisoblanishi qayd etilgan. Bunday psixologik operatsiyalar AQSH va 
uning sheriklari bo‘lgan mamlakatlar uchun ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda alohida rahbarlar, 
tashkilotlar, milliy va ijtimoiy guruhlar hamda xorijiy davlatlardagi ayrim shaxslarning hissiy 


holati, harakatlari, qarorlar qabul qilishi va o‘zini tutishiga ta’sir qiluvchi maxsus ishlab 
chiqilgan axborotni tarqatish chora-tadbirlarini qamrab oladi.Strategik darajada psixologik 
operatsiyalar muayyan siyosiy yoki diplomatik qarashlarni, rasmiy bayonotlarni yoki davlat 
rahbarlarining xabarlarini tarqatish va targ‘ib qilish shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot-
psixologik ta’sir o‘tkazishda siyosiy va harbiy rahbarlar, shuningdek, OAV, madaniyat va 
san’atning ko‘zga ko‘ringan vakillari asosiy obyekt bo‘lib hisoblanadi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, keyingi paytlarda mamlakatimizga nisbatan ham axborot-
psixologik tahdidlar sodir etilmoqda. Bu jarayonga Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha 
izoh bergan: “Jahon geosiyosatida xalqlarni ma’naviy-mavkuraviy jihatdan tobe etishga 
intilish va bugungi kunda dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. 
Buning uchun ular hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari, ularning yutuqlaridan hamda 
turli xil markazlar, ayni paytda o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy 
vositalardan foydalanish orqali dunyoning turli hududlarida o‘zlariga mos mafkuraviy 
muhitni shakllantirish maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar. Barchamiz bugungi hayot oldimizga 
qo‘yayotgan bir achchiq haqiqatning ma’no-mazmuniga yetib borishimiz zarur. Bu achchiq 
haqiqat shundan iboratki, agarda kimda-kim bizning mustaqil taraqqiyot yo‘limizni, orzu-
maqsadlarimizga erishish yo‘lini, yangi jamiyat qurish yo‘lini to‘smoqchi bo‘lsa, avvalo, hali 
suyagi qotmagan, mustaqil dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va 
ongining mo‘rtligidan foydalanib, ularning ma’naviyatini buzib, bizning azaliy tabiatimizni 
va muqaddas odatlarimizga mutlaqo zid bo‘lgan g‘oyalar bilan chalg‘itib, o‘zining g‘arazli va 
jirkanch niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurol qilib olishga urinadi”. 
Bu esa ularga qarshi jiddiy kurashishni taqozo etadi. Buning uchun axborot xavfsizligi 
bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Milliy istiqlol mafkurasini keng 
targ‘ib etish, aholini to‘g‘ri axborot bilan tez va o‘z vaqtida ta’minlash, jamoatchilik fikrini 
to‘g‘ri shakllantirish ana shunday vazifalar sirasiga kiradi. 

Download 228.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling