10-Mavzu: Shaxsga yoʻnaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar (2soat) Psixologik operatsiyalar axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish


Elektron huruj - aniq ma'lumotlarni olish imkonini bermaydigan vosita


Download 228.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.04.2023
Hajmi228.54 Kb.
#1365810
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu Shaxsga yunaltirilgan axborot psixologik va madaniy taxdidlar

 
Elektron huruj - aniq ma'lumotlarni olish imkonini bermaydigan vosita 
"Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning 
maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham 
bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa 
yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va 
tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi". Qarang bundan o‘n asr avval 
yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson 


huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, "jurnalist" deb yurgan ayrim kimsalarga 
bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta 
ahamiyat beradi. Hozirgi paytga kelib xalqaro munosabatlar yangi axborot texnologiyalari 
asosida shakllanayotgani bois, axborotni himoyalash va kompyuter tizimlari xavfsizligini 
ta'minlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida "axborot quroli"ga qarshi maxsus davlat dasturini amalga oshirish uchun yiliga 
137 mln. dollar sarf qilinadi. 
"Bugungi kunda, - degan edi, O‘zbekistoning birinchi Prezidenti Islom Karimov - insoniyat 
qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. 
Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf - insonlarning 
qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda 
yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal 
qiladi". 
Kurashning bu turida eng samarali qurol - axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga 
xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish 
bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya'ni, insonning 
oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo 
mamlakatlarining insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot 
tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta'sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada 
kengaytiradi. 
Mutaxassislarning xulosalariga qaraganda, rahbarlar, boshqaruv xodimlari axborotlar bilan 
ishlashga o‘z vaqtlarining 30 foizdan 80-95 foizgachasini sarflashar ekan. Bu tabiiy holat. 
Chunki o‘z vaqtida va ishonchli axborotlarga ega bo‘lish hamda ularni o‘z vaqtida yetkazish 
va amaliyotda unumli foydalanish samarali boshqarishni ta'minlashning sharti hisoblanadi. 
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, endilikda axborot- davlat faoliyatida boshqaruvchilik 
kuchini sezilarli darajada namoyon qiladi. O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uni ayrim 
davlatlarning bizning mintaqamizga intilishlari mohiyatida ikki muhim jihat-mintaqada 
geosiyosiy ta'sirga va bu yerdagi tabiiy hamda notabiiy resurslarni tasarruf etishda o‘z 
ulushiga ega bo‘lish alohida ko‘zga tashlanadi. Boshqa ayrim davlatlardan farqli o‘laroq, 
buning O‘zbekiston hukumati tomonidan anglab yetilgani va mazkur masala uning tashqi 
siyosatida aks etib turishi "katta o‘yin" qatnashchilarini o‘z manfaatlari yo‘lida har qanday 
usul hamda vositalardan foydalanishga majbur etadi. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bugungi kunda dunyo bo‘ylab o‘z manfaatlarini keng 
yoyishning eng maqbul usuli - axborot hurujlari bo‘lsa, eng samarali vosita - axborot tizimlari 
va vositalari hisoblanadi. 
Axborot hurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida "urush"ga munosabatni o‘zgarganidan, 
qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan qurollangan bunday 
hurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini kengaytirish maqsadida uyushtirilar 
ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi. Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy 
targ‘ibot va tashviqotlarning asl maqsadi-inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu 
kurash natijasiga ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat. 
Birinchisi - muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi. Ikkinchisi - axborot inson 
ongida ma'lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar 
qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi - axborot fikr 
yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma'naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylanishi 
hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. 


Axborot uchinchi holatda insonni harakatga da'vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchini to‘la 
namoyon etadi. Hozirda axborot hurujlari haqida ko‘p gapirilayotgan bo‘lsada, mutaxassislar 
tomonidan mazkur tushunchaga hali to‘la ta'rif berilganicha yo‘q. Buning ustiga, hatto soha 
tadqiqotchilari, mutaxassislar ham "axborot urushi" degan jumlaning qachondan muomalaga 
kirgani va axborot-qurol sifatida ilk bor qachon foydalanilgani haqida bir to‘xtamga kelgani 
yo‘q. Dunyoning deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarida axborot hurujlari masalasiga 
jiddiy munosabatning shakllanib ulgurgani, bu borada aniq konsepsiyalarning yaratilgani 
nafaqat mintaqada, balki jahonda o‘zining munosib o‘rnini egallash sari intilayotgan 
O‘zbekiston uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. 

Download 228.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling