10-Mavzu: Shaxsga yunaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar Psixologik operatsiyalar axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish


Globallashuv jarayoni va axborot xavfsizligi


Download 137.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi137.97 Kb.
#1007035
1   2   3   4
Bog'liq
10-тема

Globallashuv jarayoni va axborot xavfsizligi 
Ushbu geosiyosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi noan'anaviy 
tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, narkobiznes, 
noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur tahdidlar 
esa 
zamonaviy 
xalqaro 
munosabatlar 
tizimidagi 
globallashuv 
va 
integratsiyalashuv natijasida kundan-kunga milliy, mintaqaviy va xalqaro 
xavfsizlikka 
xavf 
solmoqda. 
So‘nggi davrlarga kelib, geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi hamda raqobat 
kuchayishi natijasida yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, ilgari 
kuzatilmagan tahdidlar yuzaga kela boshladi. Ayrim g‘arb davlatlari tomonidan 
o‘z milliy manfaatlarini kengaytirishda "demokratiya eksporti" "ikkilamchi 
me'yor" siyosiy va "axborot huruji" kabi asosiy vositaga aylanmoqda. 
Globallashuv jarayonini bevosita axborot bilan bog‘liq ekanligini tushinish qiyin 
emas, 
albatta. 
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad 
manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining 
ma'lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-
energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p 
foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z 
shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida 
qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham 
iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun 
ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari 
dolzarblashmoqda. 
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli 
omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u 
borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga 
aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy 
xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar 
mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e'tibor ortib 
bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati "Xavfsizlik"ka bo‘lgan 
zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro 


xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda. 
Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, 
kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, 
ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra 
bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, demokratik jamiyatda 
ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy 
axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan 
erkin minbar sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun 
jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-
fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi 
ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot 
yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan 
asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz 
aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali "ezgulikka" xizmat 
qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda 
bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy 
Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin. 
Agarda 
mustaqilligimizning 
dastlabki 
yillarida 
G‘arb 
matbuotining 
Respublikamizga bo‘lgan munosabatini tahlil etadigan bo‘lsak, "Ozodlik", "BBS" 
va boshqa radio hamda gazetalarda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu 
kabi sohalardagi kamchiliklarga e'tibor qaratilar edi. Lekin, O‘zbekiston o‘z 
tashqi siyosatida qat'iy va dadil yo‘l tuta boshlaganidan, ayrim xalqaro 
tashkilotlaru "Buyuk derjava" larning yo‘rig‘iga yurmaganidan, ularning 
geostrategik rejalarini barbod etgandan so‘ng axborot hurujlar avj ola boshladi. 
So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida terroristik tajovuzlar 
dunyoning Yevropa qismida "terrorizm" deb baholanib, O‘zbekistonda "inson 
haq-huquqlarining himoyasi" sifatida qaralmoqda. Mana shunday sharoitda, ya'ni, 
demokratik jarayonlarga baho berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning 
esa berayotgan bahosi uydirma bo‘lib, haqiqiy demokratiyaga va milliy 
manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun har birimizda fuqaroviy pozitsiya 
bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim 
fikrlarga e'tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib 
ketganlar. 

Download 137.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling