10-Mavzu: Shaxsga yunaltirilgan axborot: psixologik va madaniy tahdidlar Psixologik operatsiyalar axborotdan fuqarolarga ta'sir etishda foydalanish


O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi


Download 137.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi137.97 Kb.
#1007035
1   2   3   4
Bog'liq
10-тема

O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi 
O‘zbekistonning geosiyosiy joylashuvi, tabiiy resurslarga boyligi va boshqa 
iqtisodiy hamda ijtimoiy salohiyati uning manfaatdor kuchlar tomonidan "axborot 
hurujlarining obyekti" sifatida qaralishi ehtimolini keltirib chiqaradi. 
"Aslida, hayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan, bahsu munozaralardan 
iborat. Taraqqiyotning ma'no-mazmuni, kerak bo‘lsa, falsafasi ham shunda. 
Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, 
ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda ogoh va sergak bo‘lishdadir", 
degan edi birinchi Prezidentimiz I.Karimov. "Sovuq urush" davrida yadroviy 
hurujlardan cho‘chib yashagan dunyo endi terrorizmning shavqatsiz 
tajovuzlaridan saqlanish yo‘llarini izlamoqda. Zero, vaqt va makon 
tanlamaydigan bu ofat xohlagan vaqtda, xohlagan joyda o‘zining mash'um 


basharasini namoyon etib qolishi mumkin. Kishini xavotirga soladigan sabab 
shuki, terroristik hurujlar kiber makonda ham faollashib bormoqda. 
Shu bois, ko‘plab davlatlarning oldida axborot- kommunikatsiya va kompyuter 
tizimlarida ishonchli axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi turibdi. 
Dunyoda kim axborot bozorini egallasa, o‘sha hukmronlik tizginini tutadi, 
deyishadi. Chunki ayni paytda dunyoni inson emas, aynan axborot 
boshqarmoqda. SNN bilan BBS ning ovozi yetmayotgan joyda "Al-jazira"ning 
mahsulotlari sotilayotgan ekan, bu axborot bozorida yangicha qarashning paydo 
bo‘lishiga 
imkon 
beradi. 
Shu o‘rinda rossiyalik olim A. Zinovevning "Globallashuv yangi jahon urushi. U 
yangi tipdagi jahon urushi" degan ta'kidi kishini ancha sergak torttiradi. Yana bir 
olim A.Parshev esa "Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa 
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qo‘shimcha qiymatini dunyodagi 
asosiy zahiralarni o‘zlashtirishdan iboratdir" deydi. Ochig‘i bu kabi farazlarning 
mohiyatida globallashuv jarayoniga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, uning 
zamiridagi "siyosiy o‘yin"larni fosh qilishga nisbatan norozilik yotibdi desak, 
to‘g‘ri bo‘lar edi. Ayrim gegemonlik vasvasasiga tushgan davlatlarning 
globallashuv geosiyosati negizida "Demokratiyani faol ilgari surish prinsipi" 
yotibdi. "Universal va barchaga taalluqli" demokratiyani jahonga yoyishga 
urinishlar, bugungi kunda jadallashib ketganidan ko‘z yuma olmaymiz. Demak, 
"demokratchi"lar o‘z g‘oyalari va turmush tarzini tiqishtirmoqchi bo‘lmoqdalar. 
Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan 
foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda 
ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning 
jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham "Axborot asri" - deb nom 
olgani bejiz emas. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va 
texnologiyalariga bog‘liqligini ta'kidlashmoqda. Shu o‘rinda jamiyat hayotining 
turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron 
ko‘rinishdagi ma'lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot tizimlariga buzg‘unchilik 
maqsadida ta'sir etishni ko‘zda tutuvchi yangi "axborot quroli"ning ta'siri 
kuchayishiga olib kelayotganini aytib o‘tish joiz. Bu esa o‘z navbatida
mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini 
noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini ko‘rish va ularning 
benuqson 
faoliyatini 
ta'minlashga 
da'vat 
etmoqda. 
Globallashuvning avj olishi millat "chegaralarini" yo‘q qilib yubormoqda, 
ommaviy ma'naviyatni shakllantirishga olib kelmoqda. Buning natijasida har bir 
millatga xos bo‘lgan urf-odat, an'ana, qadriyatlar o‘z ahamiyatini "yo‘qota" borish 


xavfi yuzaga kelmoqda. Bu millatning ma'naviy qashshoqlashuvi sodir bo‘lishga, 
ularning o‘zligini anglamaydigan manqurtlariga olib keluvchi tahdidlarni yuzaga 
keltirmoqda. 
Umuminsoniy ma'naviyat turli-tuman millatlarning o‘ziga xos boshqa millatlar 
uchun ham ma'naviy oziqa bera oladigan qirralarini o‘zida mujassamlashtirganligi 
bois, tabiiy ravishda keng yoyilib boradi hamda jahonda yashayotgan turli 
millatlarning 
ma'naviyati 
rivojlanishiga 
yordam 
beradi. 
Shuning bilan birga umuminsoniy ma'naviyatning shakllantirish jarayonining o‘zi 
ham milliy ma'naviyatlar rivojlanishiga yordam beradi.

Download 137.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling