10-mavzu: Sohaga oid taqdimot nutqi


Download 24.57 Kb.
bet7/9
Sana03.08.2023
Hajmi24.57 Kb.
#1664821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu Sohaga oid taqdimot nutqi

Tushunchalar


Tushunchalar tahlili

OAV



Reportaj



Intervyu



Muxbir



Jurnalist



Internet




Verbal va noverbal muloqot.
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa ogʻzaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, ogʻzaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so‘z muhim oʻrin tutadi. So‘z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar oʻrtasidagi axborot almashishdangina iborat boʻlmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari boʻlib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko‘z qarash, ko‘z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni toʻldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so‘zga koʻplab ma’no berish mumkin. Tillarni o‘rgatishda shu til sohibiga xos boʻlgan noverbal vositalarni ham o‘rgatish lozim. Aks holda chet til toʻla o‘zlashtirilmaydi. Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so‘zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o‘tqazish ijobiy samara beradi. Muloqot jarayonida tilga xos boʻlgan noverbal vositalardan to‘gʻri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling