10-mavzu Sovituvchi suyuqliklar Reja
Sovituvchi suyuqliklar vazifasi tarkibi va ekspluatatsion
Download 310.04 Kb. Pdf ko'rish
|
10 (1)
10.3 Sovituvchi suyuqliklar vazifasi tarkibi va ekspluatatsion xossalari Hozirgi zamon dvigatellarida suyuqlik sifatida suv va antifriz ishlatiladi. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo‘yiladi: - qaynash harorati sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15-20C yuqori bo‘lishi kerak; - qotish harorati havoning haroratidan 5-10C past bo‘lishi kerak - metall detallarni korroziyalamasligi kerak; - suyuqliklar arzon, yetarli, yong‘in chiqish jihatidan xavfsiz bo‘lishi kerak. Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. Suv issiqlikni o‘ziga tez oladi va o‘zidan tez tarqatadi, issiqlik sig‘imi katta, qovushqoqligi past, arzon va yetarli miqdorda. bo‘lib, ishlatishga qulay. Lekin sovitish tizimida qaynagan suvning quyqasi (nakip)cho‘kib, suv g‘ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o‘tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida radiatordan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida , yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan xoli bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan foydalanilmoqda. Тizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yum-shoq suvlardan ( yomg‘ir va qor suvlari ) foydalanish tavsiya etiladi. Qattiq suvni yumshoq suvdan unda sovun ko‘pirtirib aniqlash mumkin.Suvni yumshatishning eng oddiy usuli, uni 15- 20 minut davomida qaynatishdir.1 litr suvni tarkibida 20,04 mg kalsiy va 12,16 mg magniy tuzlari bo‘lsa bu suvning qattiqligi 1 mg/ ekvivalentga teng deyiladi . Nazorat savollari 1. Sovitish suyukliklarini qanday turlari bor? 2. Antifrizlarning tarkibi nimadan iborat? 3. Antifrizlarning qanday markalarini bilasiz? Download 310.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling