10-mavzu Sovituvchi suyuqliklar Reja


Past temperaturada muzlaydigan suyuqliklar


Download 310.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi310.04 Kb.
#1604054
1   2   3
Bog'liq
10 (1)

10.2 Past temperaturada muzlaydigan suyuqliklar. 
Past haroratda muzlaydigan sovitish suyuqliklarga antifrizlar kiradi. Bu 
suyuqlik etilenglikol va suvning aralashmasidan hosil bo‘ladi. Etilenglikol - ikki 
atomli spirt CH2OH-CH2OH bo‘lib, rangsiz tiniq suyuqlik. U suv, spirt va atsetonda 
yaxshi aralashadi va neft mahsulotlarida erimaydi. Suv 0 OC da, etilenglikol esa- 
11,5 C da muzlaydi. 
Antifrizning ikki xili: tarkibi 47% suv va 53% etilenglikol bo‘lgan muzlash 
harorati - 40 C bo‘lgan antifrizlar , shuningdek 34 % suv va 66 % etilenglikoldan 
tashkil topgan muzlash harorati - 65 C bo‘lgan antifrizlar ishlab chiqariladi. A-40 
(«ARKТON-40»)och sariq rangda bo‘lib, tarkibi: 53- 55% etilenglikol, qolgan suv 
–35OC gacha bulgan haroratda ishlatiladi, muzlash harorati – 40 C. A-65 
(«ARKТON-65»)- to‘q sariq rangda bo‘lib, tarkibi: 66% etilenglikol, 33% suv. U 
sovuq shimoliy rayonlarda ishlatiladi. 
Sovituvchi suyuqlik sifatida antifrizdan foydalanilganda antifriz quyidagi 
afzalliklarga ega: qotish harorati past, qaynash harorati yuqori, qovushqoqligi 
yaxshi, yonmaydi, issiqlik sig‘imi va o‘tkazuvchanligi yuqori, muzlaganda hajmi 
kattalashmaydi, shuning uchun sovitish sistemasini ishdan chiqarmaydi. 
Antifriz kamchiligizaharli, metallarni korroziyalovchi xossaga ega, qalay va 
alyuminiyga nisbatan korroziyaga aktivdir. Antifriz tarkibidagi etilenglikolning 
suvdagi eritmalari metallarni korroziyalaydi. Buning oldini olish uchun antifrizlarga 
0,4% maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi. Shuningdek, hozirgi vaqtda ishlatiladigan 
antifrizlar, «ТOSOL»larga korrozion ta’sirini kamaytirish maqsadida korroziyaga 
qarshi dinatriy fosfat –2.5-3.5 g/l va dekstrin (kraxmal) 1g/l shuningdek
ko‘piklanishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
Bunday antifrizlarning 40, 40M, 65, 65M markalari ishlab chiqarilmoqda. M-
molibdenli natriy qo‘shilmalari qo‘shilgan. Dinatriyfosfat - cho‘yan va po‘latni, 
ba’zida misli qoplamalarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin-alyuminiy va misli 
detallarni korroziyadan saqlaydi. Dekstrin antifriz tarkibida to‘liq erimaydi, shuning 
uchun ba’zida antifrizlar xira bo‘ladi. 


29-rasm. Etilenglikol va suvning muzlash, qaynash harorati

Download 310.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling