10-mavzu. Sport psixologiyasida xotin qizlar sportining rivojlanish tarixi reja


Download 31.85 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1118336
  1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu


10-MAVZU. SPORT PSIXOLOGIYASIDA XOTIN - QIZLAR SPORTINING RIVOJLANISH TARIXI
REJA.

  1. Xotin-qizlar sportining rivojlanish tarixi.

  2. Sportchi ayollarda hissiy - irodaviy sifatlarni rivojlantirish.

  3. Xotin - qizlarning sportga qiziqtirishlarni shakillantirish.

III. Xotin-qizlar sportining rivojlanish tarixi
O‘rta Osiyoda yashovchi xalqlar qadim zamonlardayoq xotin - qizlarning ruhiy, aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor berishgan. Ularga bolalikdan jismoniy tarbiyaning o‘q - yoy otish, chavandozlik singari mashq turlari muntazam ravishda o‘rgatib kelishgan. Grek tarixchisi Gerodot xorazmliklar bilan yonma - yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: «Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o‘qni zoya ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi».
Saklar va xorazmliklarning ayollari ham harbiy yurishlar va janglarda qatnashar, mardlik va matonatda erkak jangchilardan qolishmas edilar. Eramizdan oldingi I - asrda yashagan grek tarixchisi Diodar ular haqida bunday deb yozgan edi: «Umuman, bu qabilaning ayollari mard bo‘ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan baham ko‘radilar».
Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: «Sak ayollari ayyorlik bilan qochib ketaturib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib o‘q uzar edilar».
O‘zbek xalqi jismoniy madaniyatining ildizlari uzoq o‘tmishga tutashadi. Bizning xalqimiz o‘zining butun hayoti davomida ezgulikka intilib kelishgan. Ezgulik yo‘lidagi orzularning amalga oshmog’i uchun kurashga bel bog’lagan qahramon ayollarimiz xalq yaratgan qissalardagi asosiy obrazlardir. Bu obrazlar og’zaki ijodda, qo‘shiqlarda, dostonlarda avloddan - avlodga o‘tib kelgan. Tarixiy voqealar asosida yaratilgan bu qissalar va hikoyalar yuqorida keltirganimizdek, qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. «Zariadr va Odatida», «To‘maris», «Shiroq» qissalari o‘zbek xalqining eng qadimiy madaniyati hisoblanib, bugungi kungacha goh og’zaki shaklda, goh yozma manbalar orqali bizgacha yetib kelgan.
Xalq og’zaki ijodida va buyuk mutafakkir shoirlar asarlarida jismoniy mashg’ulot bilan shug’ullangan kishilarning kuchli, qo‘rqmas, botir, sog’lom bo‘lishlari, har qanday dushmanni yenga bilishlari to‘g’risida juda ko‘p ma’lumotlar bor. Lekin, O‘rta Osiyoda xozirgacha jismoniy mashg’ulotning kishi organizmiga ta’siri to‘g’risida ma’lum bir ta’limot bo‘lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg’ulotning roli katta ekanligini tabiiy - ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab bergan. U muntazam sur’atda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qat’iy rioya qilish sog’liqni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardan biridir, deb bildi.
Ibn Sino bolaning ruhiy va jismoniy jihatdan taraqqiy etishda, uni emizuvchi, boquvchi ayolning roli katta ekanligini ta’kidlab, tarbiyachi oldiga qator talablar qo‘yadi, bu talablardan bittasi shuki, bolani emizuvchi, boquvchi, tarbiyalovchi ona mehribon, yumshoq qobiliyatli, muloyim so‘zli bo‘lishi kerak, u g’azablanish, achchiqlanish, qo‘rqish kabi salbiy - ruhiy hissiyotlarga tez berilib ketadigan bo‘lmasligi kerak, aks holda, bunday salbiy xislatlar bolani emizuvchi onaning mijozini buzadi, bu esa bolaning fe’l - atvorini buzishga sabab bo‘ladi. Ibn Sino onaning mo‘’tadil xakakterga ega bo‘lishi, jismoniy baquvvat va psixik jihatdan sog’lom bo‘lishini talab qiladi. Haqiqatdan ham, bunday talab bolaning har tomonlama kamol topishida juda katta ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning ruhiy tomondan kasal bo‘lgan xotinlarga bolani emizishni
Beruniy xotin - qizlarga o‘z eri bilan samimiy va to‘g’ri so‘zli bo‘lishni maslahat beradi.
Xotin - qizlar tarbiyasida, yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, Beruniy xotin - qizlarning faqatgina zebi - ziynatga, tashqi go‘zalligiga, ozodaligigagina e’tibor berib qolmasdan, balki axloqi, qiyofasi yaxshi bo‘lishi kerakligini ham talab qilgan.
Vazirlar Mahkamasining 1996 – yil 17 - yanvardagi 27 - sonli «O‘zbekiston futbolini rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to‘g’risida»gi qarorning chiqarilishi O‘zbekiston futbolining yanada rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun tajribasi jamoaviy o‘yinni taqazo etuvchi sport o‘yinlarida, xususan, futbolda erishilayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etish o‘rinlidir.
Ayollar futbolining kelib chiqish tarixi ham xuddi erkaklar futboli kabi XIX -asrga borib taqaladi va aynan erkaklar futboli kabi ayollar futbolining ham vatani Angliya ekanligini hamma ham bilavermasa kerak.
Bu haqiqatni Angliya quroli Genrix II ning yozma ashyolari to‘liq isbotlay oldi.
1994 - yil yurtimizda ayollar futboliga asos solingan yil sifatida yodda qolgan bo‘lsa, 1995 - yil xalqaro turnirlardagi va ilk bor Osiyo chempionatidagi ishtiroki bilan tarix zarvaraqlariga yozildi. Futbolchi qizlarimiz 10 marta o‘tkazilgan qit’a chempionatida ilk bor ishtirok etishdi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan, O‘zbekistonda ham ilk rasmiy chempionat start oladigan bo‘ldi. Bu tarixiy voqea 1997 - yilning yoz oylarida Samarqandda ro‘y berdi.
Qashqadaryolik qizlarning O‘zbekiston chempionatida 1997 - 2003-yillardagi ishtiroki tajriba to‘plash, izlanishlar davri bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Ular 1997- 2000 - yillarda musobaqaning dastlabki bosqichlarida ishtirok etdilar. 2001 - 2002-yilda esa Qashqadaryodan birorta ham jamoa qatnashmadi. 2003 - yilga kelib, ahvol biroz o‘zgargandek bo‘ldi. Shu yili viloyatimizning «Talaba» (hozirgi «Sevinch») jamoasi O‘zbekiston 7 chempionatida ishtirok etdi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda dunyo miqiyosida ayollar sporti va futboli taraqqiy etib bormoqda. Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda ham bu borada tizimli, uzoqni ko‘zlab islohotlar olib borilayapti, ulkan ishlar amalga oshirilayapti. Bugun qizingiz «Sevinch»da, «Olimpiyada»da o‘ynayman desa, ajablanmaymiz. Uning sportga mehri ortib borayotganidan xursand bo‘lasiz.
Biz yozgi va qishki Olimpiada o‘yinlarida xotin - qizlarimizning jahon va Osiyo birinchiliklari, chempionatlarda eng yuksak g’alabalarga erishgan yurtdoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Sport – tinchlik elchisi. Birinchi maqsadimiz ham tinchlik, osoyishtalik va shu asosda jahon aholisi bilan hamkorlik qilishdir.
Osiyo, Yevropa, Amerika va jahon miqiyosida yoshlar orasida turli sport turlari bo‘yicha turnirlar, chempionatlarning o‘tkazilishi yurtimiz yoshlarini ham o‘ziga jalb etmoqda. Ular orasida o‘zbek qizlaridan Iroda To‘laganova katta tennis, Yulduz Hamroqulova shaxmat va boshqa iste’dodli sportchi qizlarimiz faqat yurtimizda yoki O‘rta Osiyoda emas, hatto Osiyo va Jahonga tanilgandir. Shu o‘rinda eslash joizki, O‘zbekistonda keng tanilgan Rixsi Qo‘ziyeva (gimnastikaning madaniyat tarixi), Ozoda Rixsiyeva (stol tennisi, sport tibbiyoti), Klara Shakirjonova (yengil atletika), R.A.Qosimova, G.B.Bilyalova SamDU (suzish va uni o‘qitish metodikasi) kabi ayollar sport va sport fanlari olamida katta xizmat qilib kelayotgan mutaxassis, olimlardir.
Bugungi kunda barcha viloyatlarda gimnastika bo‘yicha xuddi federasiyalar hamda markazlar samarali faoliyat yuritayotir. Badiiy gimnastikachilar keskin raqobatga qaramay, ko‘plab xalqaro musobaqalar, jahon kubogi bosqichlarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. 2010 - yil Xitoyda o‘tkazilgan o‘n oltinchi Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qanchadan - qancha yirik davlatlar vakillari orasida ikkinchi o‘rinni egallagani Vatanimiz sport hayotida tarixiy hodisa bo‘ldi. 2011 - yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon chempionatida mamlakatimiz badiiy gimnastika maktabi vakilasi, Osiyo o‘yinlari sovrindori Yuliana Trofimova munosib ishtirok etib, joriy yilda Londonda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Keyingi yillarda xotin - qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish va sportga ommaviy jalb etish maqsadida uyushtirilayotgan tadbirlarda, xususan, ayollar spartakiadasida 1, 5 milliondan ortiq ayollar ishtirok etdi. Ayniqsa, O‘zbekiston xotin - qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Namangan shahrida o‘tkazilgan «To‘maris ayollar» sport festivali o‘zining ommaviyligi bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Dastlab shahar, tuman, viloyat miqiyosida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda nafaqat xizmatdagi ayollar, balki uy bekalari ham faol qatnashdilar. Festivalning Respublika bosqichida qatnashgan sportchining 30 foizi uy bekalaridir.
Mamlakatimizda xotin - qizlar sportini ommalashtirish jarayonida yosh qizlarimizning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bir qatorda, ulardagi halollik, o‘zaro hurmat - ehtirom, bag’rikenglik, maqsad sari intiluvchanlik kabi yuksak ma’naviy fazilatlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratishimizga to‘g’ri keladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlaymizki, xotin - qizlarimiz sog’lom bo‘lishlari va o‘zlaridan sog’lom zurriyod qoldirib tarbiyalashlari uchun sog’lom bo‘lishlari va sog’lom turmush tarzi asoslarini egallashga doimo e’tibor berishlari jamiyat oldidagi asosiy vazifa bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.


  1. Download 31.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling