10-mavzu: sug’urta reja: Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari
Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari
Download 169.01 Kb.
|
SUG’URTA
3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari
Iqtisodiyotning umumiy nazariyasida ham, sug’urta fanida ham “sug’urta bozori” va “sug’urta xo’jaligi” yangi tushunchalardir. Shunga qaramay aytish mumkinki, “sug’urta bozori” tushunchasi o’ziga nisbatan bir muncha umumiy hisoblangan “sug’urta xo’jaligi” tushunchasining pog’onalaridan biri bo’lib, sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bilan bog’liq. “Sug’urta xo’jaligi” sug’urta sohasidagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq munosabatlar yig’indisidan iborat. Umumjahon xo’jaligi miqyosida “jahon sug’urta xo’jaligi” atamasini qo’llash mumkin. Ana shu ma’noda “sug’urta xo’jaligi” sug’urta tashkilotlarining ta’sis etilishi, tashkiliy tuzilmasi, faoliyati, boshqaruvi bilan bog’liq munosabatlarni, shuningdek, sug’urta tashkilotlarining yoki sug’urta bozorining boshqa turdagi subyektlarining sug’urtaga oid faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish munosabatlarini, iqtisodiy munosabatlarda sug’urtadan foydalanish shart-sharoitlari va asoslarini ifoda etadi. Xorijiy adabiyotda bu borada tegishli ravishda “sug’urta iqtisodiyoti” va “jahon sug’urta iqtisodiyoti” tushunchalari ishlatiladi. Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan sug’urta bozorini xaridorlar – sug’urtalanuvchilarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari va sotuvchilar – sug’urta tashkilotlarining sug’urta himoyasi bo’yicha takliflari nisbati bilan boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Sug’urta himoyasiga talab ikki bosh omil bilan: xo’jalik yurituvchi subyektning va alohida fuqaroning risk-menejmentining elementi sifatidagi sug’urtaga nisbatan bo’lgan talabi va shuningdek, sug’urtalovchilarning sug’urta xizmatini sotib olish orqali o’z talabini qondirishga imkon yaratadigan sotib olish layoqati bilan belgilanadi. Ijtimoiy qayta ishlab chiqarishga xos bo’lgan ehtimoldagi xavf sifatida xatar iqtisodiy munosabatlar yuksalishi bilan sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabning kuchayishiga olib keladi. Ayni vaqtda davlat ijtimoiy sug’urta va ta’minot tizimi orqali taqdim etiladigan sug’urta himoyasining qisqarishi ham shuningdek, sug’urta xizmatlariga talabning oshishiga sabab bo’ladi. Sug’urta bozori – ma’lum bir pul munosabatlari sohasi bo’lib, unda savdosotiq obyekti sifatida sug’urta himoyasi qatnashadi hamda unga talab va taklif shakllanadigan maxsus ijtimoiy-iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. Sug’urta bozori keng ma’noda sug’urta xizmatlarining oldi-sotdisi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisini aks ettiradi. Sug’urta bozorining obyektiv asosini kutilmagan tabiiy, texnogen va baxtsiz hodisalar oqibatida etkazilgan zararni bartaraf etish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash hisoblanadi. Qolaversa, sug’urta bozori iqtisodiyotni qo’shimcha moliyalashtirishda ham muhim o’rin tutadi. Sug’urta bozori faoliyat yuritishining asosiy sharti bo’lib sug’urta xizmatlariga jamiyat ehtiyojining mavjudligi va ushbu ehtiyojni qondira oladigan sug’urta tashkilotlarini mavjud bo’lishi hisoblanadi. Faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta bozori turli tarmoq bo’limlarini biriktirgan murakkab, integratsiyalashgan tizimni o’zida aks ettiradi. Sug’urta bozori ishtirokchilari sifatida sotuvchilar, xaridorlar va vositachilar hamda ularning uyushmalari qatnashadilar. Sotuvchilar toifasini sug’urta va qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etadi. Xaridorlar sifatida u yoki bu sotuvchi bilan sug’urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi sug’urtalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etadilar. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi vositachilar bo’lib, o’z harakatlari bilan sug’urta shartnomalarini tuzishga ko’maklashuvchi sug’urta agentlari va sug’urta brokerlari hisoblanadi. Sug’urta bozorida taklif etilayotgan o’ziga xos tovar - sug’urta xizmati hisoblanadi. Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi shaklini ifodalovchi sug’urta himoyasini ta’minlash hisoblanadi. Sug’urta xizmatining narxi sug’urta tarifida aks ettiriladi. U talab va taklifga asoslangan raqobat asosida shakllanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan sug’urta bozorlarining muammosi sug’urtalanuvchilar tomonidan zarur darajada sotib olish layoqatiga ega bo’lmaslikda ifodalanishi mumkin. Bu muammoning hal etilishi bir jihatdan aholining sotib olish layoqatining o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligiga, ikkinchi jihatdan davlat tomonidan umummilliy darajada mamlakat makroiqtisodiyoti miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olish layoqatini o’stirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlarga bog’liq. Mutaxassislar diqqatni sug’urta xizmatlariga talab subyektiv xususiyatga ega ekanligiga qaratadilar, ya’ni sug’urta himoyasi bilan ta’minlanishga ongli talab ko’p jihatdan iste’molchining ana shunday xizmat mavjud ekanligidan, uning iste’mol sifatlaridan, samarasidan, bahosidan bexabarligi va shu kabi sabablarga ko’ra amalga oshmay qolishi mumkin. Bu holat sug’urta tashkilotlaridan “sug’urta riskini qoplashga doir yashirin talabni ochishga” qaratilgan marketing tadbirlarini o’tkazishni taqozo qiladi. Sug’urta xizmatlarining taklif etilishi etarli darajada ixtisoslashgan va moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug’urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini va daromadliligini kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, sug’urta tashkilotlarida malakali menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi bo’yicha mutaxassislarning mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Sug’urta xizmatlari bozori faoliyat turiga qarab umumiy sug’urta xizmatlari bozori va hayotni sug’urta qilish bozoriga bo’linadi. O‘zbekiston Respublikasida sug’urta xizmatlari bozori 2002-yilning oxirlariga qadar universal tusga ega bo’lgan, ya’ni sug’urta tashkilotlari bir paytning o’zida ham umumiy, ham hayotni sug’urtalash turlarini amalga oshirib kelgan. 2002-yilning 27-noyabrida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qaroriga asosan “Sug’urta faoliyati klassifikatori” tasdiqlandi. Unga muvofiq sug’urta tashkilotlarining faoliyati ikkiga ajratildi: umumiy sug’urta va hayotni sug’urta qilish sohasi. Umumiy sug’urta xizmatlari hayot sug’urtasidan tashqari barcha sug’urta xizmat turlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta tashkilotlari “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ning umumiy sug’urta tarmog’iga oid barcha sug’urta klasslari doirasida sug’urta xizmatlarini ko’rsatayapti. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorini tavsiflovchi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: Download 169.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling