10-mavzu: sug’urta reja: Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari
-jadval Umumiy sug’urta tarmog’i quyidagi 17 ta klassdan iborat
Download 169.01 Kb.
|
SUG’URTA
2-jadval
Umumiy sug’urta tarmog’i quyidagi 17 ta klassdan iborat
sug’urta polisi amal qilish muddatining bir yildan oshmasligi. Shunday sug’urta xizmat turlari borki, uularning muddati hatto bir soatni tashkil etadi. Masalan, havo yo’llari orqali yo’lovchilarni tashishda qo’llaniladigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda polisning amal qilish muddati uchish va qo’nish masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo’lish mumkin. investitsiyaga yo’naltirilgan mablag’larning qisqa muddatli obyektlarga joylashtirilishi. 2019-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston sug’urta bozorida jami 30 ta sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, uning 24 tasi yoki 80,0 foizi umumiy sug’urta xizmatlari bozoriga tegishlidir. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik sug’urta tashkilotlari jumlasiga “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta korxonasi, “O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatlarini kiritish mumkin. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega. O‘zbekistonda hayotni sug’urta qilish bozori shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. 2002-yil 5-aprelda “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan hayotni sug’urta qilish sug’urta faoliyatining, binobarin sug’urta bozorining alohida tarmog’iga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta klassdan iborat. Ushbu klasslar to’g’risida oldingi mavzularda to’xtalib o’tilgan. 2003-yil dekabrda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta korxonasi muassisligida hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan dastlabki sug’urta korxonasi – “O‘zbekinvest Hayot” shu’ba sug’urta tashkiloti tashkil etildi. Mazkur shu’ba sug’urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga hayot va sog’likni sug’urta qilish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: hayotni sug’urtalash tarmog’ining barcha klasslari va umumiy sug’urta tarmog’ining I va II klasslari bo’yicha sug’urta xizmatlarini ko’rsatish; tegishli sug’urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi aholisi keng qatlamini ijtimoiy himoyalash vositalarini rivojlantirish; hayotni va sog’likni sug’urtalashning xalqaro standartlari amaliyotini joriy etish; xorijiy, xalqaro, milliy sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish; Hozirgi kunda “O‘zbekinvest Hayot” sug’urta tashkiloti respublikamizning barcha mintaqalarida o’z filiallariga ega va ular tomonidan quyidagi sug’urta xizmatlari ko’rsatiladi: 1) bonus to’lovli hayot sug’urtasi. Mazkur sug’urta turining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Sug’urta summasi sug’urta qildiruvchi tomonidan aniqlanadi va shundan kelib chiqqan holda sug’urta mukofoti hisoblanadi. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urtalangan shaxsning yoshi, sug’urta muddati va badallarni to’lash tartibi bilan bog’liq. Sug’urta mukofotlari sug’urta qildiruvchi shaxs uchun qulay usulda: bir marotaba, har yili, yarim yilda bir marta yoki har chorak yoxud har oyda to’lab borilishi mumkin. Sug’urta summasini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha yashash (bunda sug’urta summasi ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va korxona tomonidan to’lanadigan bonusga teng); sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (bunday holatda sug’urta summasi sug’urtalangan shaxsning qachon vafot etganidan va qancha sug’urta mukofoti to’laganidan qatiy nazar sug’urtalangan shaxs tomonidan qancha sug’urta mukofoti to’lanishi kerak bo’lgan summaga teng bo’ladi). Bu sug’urta mahsulotini sotib olish uchun sug’urta qildirmoqchi bo’lgan shaxsning yoshi 18-60 yosh oralig’ida bo’lishi lozim. 2) ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Bunda otaonalarning farzandlarini ta’lim muassasalarida o’qishi bilan bog’liq xarajatlarini sug’urta yo’li bilan qoplash nazarda tutiladi. Sug’urta shartnomasining muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki maktabga o’qishga kirishi; farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar bola qayd etilgan muddatda o’qishga kira olmagan taqdirda). Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng. 3) nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta mahsuloti farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning ota-onasi sarflaydigan xarajatlarni moliyaviy ta’minlash masalasini hal etishga ko’mak beradi. Sug’urta shartnomasining butun amal qilish davomida ishonchli sug’urta himoyasi ta’minlanadi. Hatto, oila boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham nikoh arafasida farzand sug’urta polisida belgilangan summani oladi. Bu sug’urta turida ham sug’urta polisining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi farzand nikohga kirganda yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga etganda to’lanadi. Sug’urta summasining miqdori sug’urta qildiruvchi tomonidan ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng. Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta xizmat turlari bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash bozorini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi soliq imtiyozlari berilgan: yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa xarajatlar tarkibiga kiritiladi va foyda solig’ini hisoblashda hisobga olinmaydi; yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi; jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari daromad solig’iga tortilmaydi. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda hayotni sug’urtalash bozorini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan. Download 169.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling