10-Mavzu: Suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash. Usul tavsifi. Erituvchilar tasnifi. Usul titranti, TONni aniqlash. Usulning qo`llanilishi.
Reja:
Кirish. Suvli eritmada titrlash imkoniyatlarini cheklanganligi.
Suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash usulining mohiyati.Erituvchilarni tasnifi.
Erituvchi tabiatining undagi protolit kuchiga ta’siri.
Suvsiz erituvchilarda kislota – asos reksiyasini borishi
Suvsiz sharoitda titrlashni qo‘llanilishi.
Tayanch iboralar: aproton erituvchilar, protolitik erituvchilar, amfiprot erituvchilar, protogen erituvchilar, protofil erituvchilar, avtoprotoliz, nivelirlovchi ta’sir, differensirlovchi ta’sir.
1.Кirish. Suvli eritmada titrlash imkoniyatlarini cheklanganligi.
Suvli sharoitda kislota – asos bo‘yicha titrlash imkoniyatlari cheklangan.
1) Suvda kuchsiz kislota va asoslar pK > 7 bo’lsa titrlanmaydi.
2) pK > 4 bo‘lgan kislota va asoslar birga kelganda alohida titrlanmaydi. Masalan: benzoy va salitsilat kislotalar.
3) Kuchli kislotalar yoki kuchli asoslar birga kelganda alohida – alohida titrlanmaydi. (HCl, H2SO4).
4) Suvda ko‘pgina dorivor moddalar erimaydi va ularni aniqlab bo‘lmaydi.
2.Suvsiz muhitda kislota-asosli titrlash usulining mohiyati. Erituvchilarni tasnifi.
Bunda maxsus tanlangan suvsiz erituvchi muhitida suvsiz sharoitda tegishli moslamalar yordamida titrlash olib boriladi. Suvsiz organik erituvchida bajariladigan titrlash suvsiz muhitda titrlash deyiladi. Suvsiz erituvchilar sifatida chumoli, sirka kislotasi, dimetilformamid, aseton, spirtlar, ammiak, piridin va boshqalar ishlatiladi. Usul farmakopeyaga kiritilgan.1
Suvsiz muhitda erituvchilar quyidagilarga tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |