10-мавзу. Талаб ва таклиф назарияси. Бозор мувозанати


Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi omillar


Download 1.2 Mb.
bet2/4
Sana18.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1100070
1   2   3   4
Bog'liq
6-MAVZU TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI (2)

Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi omillar mahsulotning o‘rnini bosuvchanligi; mahsulot narxining iste'molchi daromadidagi salmog‘i; mahsulotning iste'mol xususiyatlari; vaqt omillari (qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan vaqt).

  • Talab—hajmi qandaydir vaqt davomida ma'lum bir tovarning sotib olinishi mumkin bo‘lgan miqdori.
  • Talab funksiyasi - talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillariga bog‘liqligi.

3. Talab va taklif nisbati hamda uning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. Narxning muayyan darajasida talab va taklif miqdori nisbatan bir-biriga mos kelgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanatiga erishganda shakllangan narx muvozanatli narx, shu narxda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi.

Muvozanatlik turlari

  • Laxzalik yoki bir zumlik muvozanatlik — taklif qilingan tovarlar doimiy miqdorni tashkil qilganda, asosan, narx o‘sishi hisobiga ro‘y beradi.
  • Qisqa muddatli muvozanatlikka ishlab chiqarish hajmi (taklif)ni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish orqali erishiladi. Bunday omillarga ish vaqtidan tashqari dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini kupaytirish kabilarni kiritish mumkin.
  • Uzoq davrli muvozanatlik. Ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish kabi o‘zgarishlar uzoq vaqtni tashkil qiladigan omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bu davrda yangi korxonalar ham vujudga kelib, faoliyat qila boshlaydi. Natijada taklif ko‘payadi va narx pasayadi.

4. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari.

  • Iqtisodiy resurslar bozori – bu mazkur omillar xizmati bozoridir. Ularning sotib olinishi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarining xarid qilinishini anglatadi.
  • O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy resurslarning bir qismi (er, kapital) haqiqiy ma'noda sotib olinib, o‘z aktivlariga aylantirilishi mumkin, boshqalari (ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) ularning xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xarid qilinadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling