10-Mavzu: Tanlab kuzatish xatosi, tanlanma to‘plam zaruriy miqdorini aniqlash va tanlab kuzatish natijalarini tarqatish yo`llari
Tanlanma kuzatish xatolarini aniqlash
Download 148.05 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishonch koeffitsientini aniqlash. P(t) e
8.3. Tanlanma kuzatish xatolarini aniqlash
Ta`rifga ko`ra, tanlamaning reprezentativlik xatolari (a) bosh ( ) va tanlama ko`rsatkichlarning ayirmalariga teng, ya`ni va p = p – w. Tanlanma kuzatish ma`lumotlari bosh ko`rsatkichlarni aniqlash uchun etarli bo`lmaganligi sababli uning reprezentativlik xatolarini hisoblash mumkin emas. Ammo statistikada ma`lum p(t) ehtimol (ishonch darajasi) bilan xatolarning yuqori chegaralarini aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Ixtiyoriy tanlama ko`rsatkich (a) xatosining yuqori chegarasi (a) uning o`rtacha xatosi (a) bilan ishonch koeffitsientining (t) ko`paytmasiga teng: a = t a (8.1) Endi ishonch koeffitsienti va o`rtacha xatolarni aniqlash usullari bilan tanishib chiqamiz. Ishonch koeffitsientini aniqlash. P(t) ehtimol bilan ishonch koeffitsienti (t) o`rtasidagi bog’lanish ushbu integral bilan ifodalanadi: (8.2) Ishonch koeffitsientining berilgan qiymatlari uchun ehtimollarni hisoblash jarayonini qulaylashtirish maqsadida ular o`rtasidagi bog’lanishni xarakterlaydigan jadval tuzilgan. Bu jadval berilgan ishonch koeffitsientiga ko`ra ehtimolni va aksincha istalgan ehtimolga mos keladigan ishonch koeffitsientini aniqlash imkonini beradi. Amaliy yoki o`quv masalalari echilganda ishonch koeffitsientining asosan quyidagi qiymatlari keng qo`llaniladi:
Jadvaldan tanlanmaning miqdori (n) etarlicha katta bo`lgan hollardagina foydalanish mumkin. Agar tanlanmaning miqdori n30 bo`lsa, u kichik tanlanma deb yuritiladi. Kichik tanlanmalar uchun ehtimol faqat ishonch koeffitsientiga emas, balki tanlanmaning miqdoriga ham bog’liq ravishda aniqlanadi. Masalan, n =10 bo`lganda:
Endi tanlanma ko`rsatkichlarning o`rtacha xatolari masalasiga kelsak, ular tanlanma to`plam hajmiga va o`rganilayotgan belgilarning variatsiyasiga bog’liqdir. Ular tanlash usullari va o`akllariga qarab turlicha aniqlanadi. Quyida tanlanma o`rtacha miqdorning ( ) o`rtacha kvadratik xatosi (µx)ni aniqlash formulalar tanlash usullari va shakllari uchun keltirilgan:
Formulalarda foydalanilgan belgilar: Download 148.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling