10 –mavzu Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarning yagona tasniflash va kodlash tizimi. Reja
Download 234.22 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
4-расм. EAN 8 разрядли коди.
muammolarni hal etish va bu faoliyatni keng ravishda targ’ib etishdir albatta, bunda xalqaro me’yoriy hujjatlarni hisobga olgan holda kodlashning standartlashtirilishi alohida ahamiyatga egadir. O’zbekiston Respublikasida shtrix kodlashtirish quyidagi standartlar asosida amalga oshiriladi: O‘z DSt 6.17.01:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. Mahsulotlarni shtrix kodlashtirish tizimi. Umumiy qoidalar. O‘z DSt 6.17.02:2000 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. Atama va ta’riflar. O‘z DSt 6.17.03:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. Korxonalarni ro’yxatga olish, ko’rib chiqish va mahsulotlar EAN kodini bekor qilish tartibi. O‘z DSt 6.17.04:2001 (ISO/MEK 15420) Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. EAN belgilari tartibi. O‘z DSt 6.17.05:1999 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. Iste’mol tovarlari va transport qadoqlashga EAN shtrix belgilarini joylashish tartibi. Umumiy talablar. O‘z DSt 6.17.07:2001 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. Mahsulotga O‘z TNT kodini ro’yxatga olish, tayerlash, ko’rib chiqish va bekor qilish tartibi. O‘z RH 51-097:2000 Avtomatik identifikatsiyalash. SHtrix kodlashtirish. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilaetgan tovarlarni davlat shtrix kod ro’yxatini yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasida shtrixli kodlashning tadbiq etilishi eng avvalo, 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida" nomli qonunniing 4 moddasida ko’rsatilgan - iste’molchining xarid qilinayotgan mahsulot haqida zarur va ishonchli ma’lumot olish huquqini amalga oshirishda yangi zamin yaratadi. SHtrixli kodlash ishlab chiqarish korxonalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining tadbiq etilishini osonlashtiradi; ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish kabi faoliyatlardagi hisob-kitob ishlarining samaradorligini oshiradi; resurslarni chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi; hujjatlar aylanishini qisqartiradi; mahsulotni realizatsiya qilish va harakati haqidagi ishonchli ma’lumotlarni muntazam ravishda yig’ishni yo’lga qo’yish mumkin; boshqaruv va nazorat organlariga tezkor ravishda mahsulot xususidagi ma’lumotlarni tavsiya etish. Biroq, xaridor sotib olayotgan mahsulotining faqat tayyorlangan davlati borasidagi ma’lumotnigina emas, balki tegishli barcha ma’lumotlarni ham bilishni istaydi. Bu muammo ham vaqti kelib standartlashtirish vositasda hal etilishi mumkin. Biroq, buning uchun sertifikatlashtirish yo’li bilan tasdiqlanuvchi, standartlarning majburiy talablarining ro’yxatini kengaytirish lozim bo’ladi. Download 234.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling