10 –mavzu Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarning yagona tasniflash va kodlash tizimi. Reja
TIIA TKYaT asosiy vazifalari quyidagilar bo’lib hisoblanadi
Download 234,22 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
TIIA TKYaT asosiy vazifalari quyidagilar bo’lib hisoblanadi:
- boshqaruv tizimida foydlaniladigan axbortlarni tartiblashtirish, unifakatsyailash, tasniflash va kodlashtirish; - turli xil darajadagi boshqaruv organlari masalalarini hal etish uchun zaruriy tasniflagichlar kompleksi (majmuasi)ni ishlab chiqish; - axbortlarni xalqaro almashini bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun xalqaro tasniflagichlardan maksimal holda foydalanish; - avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini yaratish va axbort (ma’lumot)larni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish; - axborotlashgan tizimlar bilan o’zaro faoliyati yuritishda axborotlar moslashuvchanligini ta’minlash. TIIA TKYaT da tasniflash va kodlashtirish ob’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy ob’ektlarni va ularning xossalari, statistik ma’lumotlar, bank shining moliyaviy va huquqni himoyalash faoliyati, buxgalteriya hisobi, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, mhsulotlarni ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, bojxona ishi, savdo va tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqaruv masalalarini hal etish uchun boshqa zaruriy axborot (ma’lumot)lar hisoblanadi. Masalan, Mahsulotlar umumdavlat tasniflagichi (klassifikatori) uchun kodlar tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan. Mahsulot umumdavlat tasniflagichi (MUT) yetkazib berish predmeti bo’lib hisoblangan mahsulot nomi va kodlarining tizimlashtirilgan to’plamini o’zida namoyon etida. MUT tasnifiy (T-MUT) (sinfiy) va assortimentli (A-MUT) qismlardan tarkib topgan. Tasnifiy (sinfiy) qismi aniqlangan alomatlar bo’yicha mahsulotlarni tizimlashtiruvchi tasnifiy guruhlangan nomlar va kodlar (sinf – sinf osti – guruh – guruh osti - tur)ni o’zida namoyon etadi. Assortiment qismi muayyan mahsulot markasini indentifikatsiyalovchi nomlar va kodlar majmuasidir. Misol: 54 sinf mahsulotlari MUTda kodli begilanishini ko’rib chiqamiz: 54 (sinf) –sellyuloza-qog’oz sanoati mahsuloti; 546 (sinf osti) – maktab daftarlari, oboy va oq-qog’ozli tovarlar; 5463 (guruh) – oq-qog’ozli tovarlar; 54631 (guruh osti) – maktab daftarlari va kundaliklari; 546314 (tur) – qalam bilan yozish uchun daftarlar; 546314 0001 – nashriyot oq silliq qog’ozdan blok va qattiq qog’ozdan muqovalangan, hajmi 48 list, 144x203 mm o’lchamli qalam bilan yozish uchun daftar (turli xillik – assortiment qismi – muayyan mahsulot markasining identifikatsiya). Tasniflashgan qismida mahsulot (sinf - tur)lar umumiy alomatlari (mo’ljallanganligi va h.k.) bo’yicha ob’ektlar qatori (tsellyuloza-qog’oz sanoati mahsulotlari) tartiblashtirish tartibida bo’linadi. Assortiment qismida muayyan alomatlar qismi (konstruktsiyasi va h.k.) bo’yicha tartiblashtiriladi. SHuning uchun ham tasniflagichlarni ishlab chiqish juda murakkab va mashaqatli ishlardan hisoblanadi. Buning eng mashaqatli jihati standartlashtirish sohasida ko’rilayotgan muayyan aynan bir xil standartlashtirish ob’ektlari to’g’risidagi ma’lumotlarni sifatli tasnifiy tizimlar (ST)ni ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi. Buning uchun tabiiy turiga qanchalik yaqinlashish imkoniyatini hisobga olish zarur. Agarda ob’ektlarni identifikatsiyalash uchun zaruriy va yetarli mavjud xossalariga tayangan bo’lsa, ХХ Х Х Х Х Tur Guruh osti Guruh Sinf osti Sinf Download 234,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling