10-Mavzu: Trafarеt bosma usuli


Download 89.17 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi89.17 Kb.
#1837422
1   2   3
Bog'liq
10-мавзу Kimyo

- tekislik-tekislik (tekislik bosma uskunasi): bosma qoliplar va bosiladigan material bir tekislikda joylashadi. Bosma bo’yoq yacheykalar teshiklari orqali rakel harakatlanishi yordamida bosiladigan materialga surtiladi;
- tekislik-silindr (silindr bosma uskunasi): bosma qolip tekis, bosma aylanayotgan silindrdan bajariladi. Bosma qolip va bosma silindr sinxron tarzda va bir yo’nalishda harakatlanadi, bunda qo’zg’almas rakeldan yacheykalar teshiklari orqali bosiladigan materialga bo’yoq surtiladi;
- bosma qolip va rakel bosiladigan material shaklini hisobga oladi (egri, bo’rtma, dumaloq). Bosma qolip va bosiladigan material sinxron tarzda va bir yo’nalishda harakatlanadi, rakel qo’zg’almas holatda turadi. Bu usul masalan, qutilar, koptoklarda, ya’ni egilgan yuzalarda bosish uchun qo’llanadi;
- silindr-silindr (rotatsion bosma uskunasi). Bosma qolip (to’r) silindr shaklida. Bosma qolip va bosiladigan material hamda bosma silindr sinxron harakatlanadi. Bo’yoq silindr shaklidagi bosma qolip orqali ichkaridan bosiladigan materialga uzatiladi.

8.1.3-rasm. Kontakt qiluvchi yuzalarning o’zaro aloqasi prinsipi:
a) tekis bosma uskunasi; b) bosma silindrli tekis bosma uskunasi;
v) rotatsion bosma uskunasi

Bosma jarayonning o’zini to’rtta alohida bosqichga ajratish mumkin (8.1.4-rasm – yaxshiroq namoyish etish uchun bu jarayon soddalashtirilgan tarzda tasvirlangan).



8.1.4-rasm. Trafaret bosma jarayonidagi alohida zonalar


Trafaret ramasi yordamida trafaret ushlab turiladi. Bosiladigan material bosma stolda tekis joylashgan va bosish jarayonida qo’zg’almas holatda turadi. Trafaretda joylashgan bo’yoq to’lqin kabi rakel tomonidan harakatlantiriladi. Bu soha “to’ldirish zonasi” deb ataladi. Rakel tig’i oldida kontakt zonasida bo’yoq bosma qolip orqali o’tib, bosiladigan materialga surtiladi. Rakeldan so’ng, “yopishish zonasida”, bo’yoq bosma qolipning bosiladigan materialga yopishishini ta’minlaydi. To’rning taranglik kuchlari “chiqarish zonasida" bosma bo’yoq qatlamidagi bo’yoq iplarini bosiladigan materialga tortib oladi. Shu tariqa, bo’yoqning bir qismi to’rning yacheykalarida qoladi. Bosiladigan materialda bir tekis bo’yoq qatlami hosil bo’ladi.
Trafaret bosma usulida juda qalin bo’yoq qatlamini surtish mumkin – u odatda 20-100 mkm (ofsetda 0,5-2 mkm) bo’ladi. Bo’yoq qatlami balandligini shablonning qalinligi (shablonning to’r ustida ko’tarilib turishi) belgilaydi[8].
Buyurtmaga va bosiladigan materialga qarab, trafaret bosma mutaxassisi qo’l ostida turli xossalarga ega bo’lgan turli bosma bo’yoqlar bo’ladi. Boshqa bosma usullari bilan qiyoslaganda trafaret bosmada bo’yoqlarning eng boy tanlovi mavjud.
Trafaret quyidagilarni bosish uchun ishlatiladi:
- gazlama (tekstil);
- futbolkalardagi tasvirlar (T-Shirts);
- o’yinchoqlar;
- televizor, radiopriyomni­klar va boshqalarning old panellari;
- avtomobillar, o’lchov asboblari va boshqalarning moslama panellari;
- o’ram (tutqichli plastik paketlar);
- elektron platalar;
- yirik bichimli nashrlar (reklama plakatlari).

BOSMA QOLIPLARSIZ BOSISH (NIP - Non-Impact-Printing)





Download 89.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling