10-Mavzu: Trafarеt bosma usuli


Download 89.17 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi89.17 Kb.
#1837422
1   2   3
Bog'liq
10-мавзу Kimyo

8.2.1-rasm. Bosma mahsulot ishlab chiqarish uchun bosish usullari

8.2.1-rasmda turli bosma usullari taqdim etilgan bo’lib, ular bosma qoliplardan foydalanish orqali bosma va an’anaviy bosma qoliplar ishlatilmaydigan kontaktsiz bosma turlariga bo’lingan.
Keyinchalik an’anaviy bosma qoliplar ishlatilmaydigan bosma usullarigina alohida ko’rib chiqiladi. Bunday bosma usullari kontaktsiz bosma deb ataladi (Non­-Impact-Printing). “Kontaktsiz bosma” atamasi matritsali bosish qurilmalarida axborotni qog’ozga chiqarish usuliga qarama-qarshi usul sifatida paydo bo’ldi. Bunday hollarda axborot elektron usulda ishlanib, keyin bo’yash tasmasi yordamida zarbali kontakt usulida bosiladigan materialga o’tkazilgan. Bunday kontaktli tizimlar elektrofoto­grafiya bosma usuli bilan almashdi. Bunda tasvir oraliq tashuvchida – fotoyarimo’tkazgich qatlami bilan qoplangan barabanda (fotoretseptorda) hosil qilinadi.
U yerga yozilgan yashirin (ko’rinmas) tasvirga toner qoplanadi, keyin u qog’ozga o’tkaziladi. Shu tariqa, bosish vaqtida axborot tashuvchidan qog’ozga o’tkaziladi. Axborot zarbasiz past bosimda o’tkaziladi, shuning uchun bosma kontaktsiz deb ataladi [6].
Kontaktsiz bosma usullarini amalga oshirish chog’ida qo’llanadigan ko’plab fizik effektlar mavjud. Ularning asosiy turlari: elektrofotografiya va purkovchi bosma, shuningdek, ionografiya, magnitografiya, termografiya va fotografiya. Mutaxassislar kontaktsiz bosma usullari paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan turli fizik effektlarni muntazam o’rganishmoqda va ularni shartli tarzda «X»-grafiya deb nomlangan.


Nazorat uchun savollar:
1. Trafaret bosma deb nimaga aytiladi?
2. Bosma qoliplarsiz bosish (NIP)jarayoni qanday amalga oshiriladi?
3. Trafaret usulida qanday mahulotlar bosiladi?
4. Trafaret usulida boma qolip qanday tayyorlanadi?
Download 89.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling