10-Mavzu. Tuproqlarning ahamiyati va uni muhofaza qilish reja: Tuproqning tabiatdagi roli. Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati


Litosferada azotning ushlanib qolishi va tо‘planishi tuproq va tuproq mikroorganizmlariga bog‘liq bо‘lmaganda hamma azot atmosferaga chiqib ketgan bо‘lar edi


Download 27.89 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1620040
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu Tuproqlar geografiyasi

Litosferada azotning ushlanib qolishi va tо‘planishi tuproq va tuproq mikroorganizmlariga bog‘liq bо‘lmaganda hamma azot atmosferaga chiqib ketgan bо‘lar edi.
Tuproqning atmosferaga ta’siri. Shamol ta’sirida tuproqdan kо‘tarilgan chang – tо‘zonlar atmosferaning tiniqligiga putur yetkazadi, Yer yuzasiga kelayotgan yorug‘lik energiyasi ta’sirini susaytiradi, yog‘inlarni vujudga kelishiga ham sabab bо‘ladi.
Tuproq qoplamining ifloslanishi atmosfera suv havzalari, о‘simlik va hayvon mahsulotlarini ifloslantiradi.
Tuproq atmosfera havosi tarkibiga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Bu tuproqda yashovchi mikroorganizmlar faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Har gektar yer maydoni soatiga 1000-4000 l gacha havo olib, shuncha miqdorda havoni chiqaradi. Tuproq havosi tarkibida O2 atmosfera havosi tarkibidagi 10-100 marta oz bо‘lib, SO2 miqdori kо‘pdir.
Tuproqning gidrosferaga ta’siri. Tuproq g‘ovakligi tufayli atmosfera yog‘in suvlarini о‘ziga shimib, ortiqchasini ostki qatlamlarga о‘tkazadi va sizot suvlarini hosil qiladi. О‘z yо‘lida ba’zi mineral va tuzlarni eritib sizot suvlari tarkibiga ham ta’sir qiladi.
Tuproqning daryo suvlari tartibiga ham ta’siri katta. Tuproqdagi suvlar har yili yangilanishi oqibatida Yer shari suv muvozanatida muhim rol о‘ynaydi (Dunyo okeani suvlarining tо‘liq yangilanishi uchun 3000, yer osti suvlarining tо‘liq yangilanishi uchun 5000 yil kerak bо‘ladi).
Suv havzalari biomahsuldorligining ortishida ham tuproqning roli katta. Har yili turli sabablarga kо‘ra 10 milliard t ga yaqin tuproq yuvilib, dengiz va okeanlarga chiqib ketadi. Bu dengiz hayvonlari hamda о‘simliklarini oziqlanishida muhim rol о‘ynaydi.
Tuproq suv oqimlaridan turli sanoat va maishiy chiqindilarni (zaharli moddalar) о‘ziga singdirib, suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi va h.k.
2. Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati
Insoniyat uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 88 % i yerga ishlov berish-dehqonchilikdan olinadi. О‘tloq va yaylovlarda yetishtiriladigan chorvachilik mahsulotlari zimmasiga ularning yana 10 % i tо‘g‘ri keladi.
Taniqli ekolog olim J.Dorst (1968) ta’kidlagandek: ,,Tuproq – bizning eng qimmatli kapitalimiz (boyligimiz). Hayot va Yer yuzasidagi barcha tabiiy va sun’iy biogeotsenoz majmualarning xatarsizligi oxir oqibatda Yerning eng yuza qismini tashkil etuvchi, nihoyatda yupqa qatlami – tuproqqa bog‘liq”.
Qishloq xо‘jaligida tuproq asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi: uni boshqa vositalar bilan almashtirib bо‘lmaydi, chegaralanganligi, joydan – joyga kо‘chirib bо‘lmasligi, unumdorlik xususiyati, tugaydigan va tiklanadigan (amalda tiklanishi qiyin) tabiiy resurs ekanligidir (0,5-2 sm tuproq hosil bо‘lishiga 100 yil, 18 sm tuproq hosil bо‘lish uchun 1400-7000 yil kerak bо‘ladi). Inson salomatligida tuproqlar ta’siri ancha sezilarli. Gistoplazmoz (infeksiyali qon kasalliklari) kasalligini keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar qizil-sariq podzollashgan tuproqli, issiq iqlimli, yog‘in miqdori yiliga 1000-2000 mm hududlarda yaxshi rivojlanadi.
G‘arbiy Bengaliyaning ayrim qishloq hududlarida aholining xolleradan о‘lishi ham tuproq xarakteri bilan bog‘liq ekan. Eng yuqori о‘lim darajasi gidromorf tuproqlar (allyuvial, delta, botqoqlashgan) mintaqasida rо‘y berganligi aniqlangan. Chunki bunday sharoit xollera infeksiyasining rivojlanishi uchun qulay bо‘lsa kerak1.
Tuproqda sil, vabo, о‘lat, ichterlama, burusellioz va boshqa kasalliklarini qо‘zg‘atuvchilari bо‘lishi mumkin. Tuproqda turli kimyoviy elementlarning yetishmasligi yoki kо‘pligi insonlarda turli kasalliklarga sabab bо‘ladi (yod-buqoq).

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling