10-Mavzu. Tuproqlarning ahamiyati va uni muhofaza qilish reja: Tuproqning tabiatdagi roli. Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati


Eroziyaning rivojlanish tezligiga qarab geologik (meyoriy) va tezlashgan turlarga ajratiladi


Download 27.89 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1620040
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu Tuproqlar geografiyasi

Eroziyaning rivojlanish tezligiga qarab geologik (meyoriy) va tezlashgan turlarga ajratiladi.
Geologik eroziya – о‘simliklar bilan qoplangan tuproq yuzasidan zarrachalarning asta-sekin yuvilishi bо‘lib, bunda tuproq paydo bо‘lishi davomida yuvilgan tuproq qatlami qayta tiklanadi.
Tezlashgan eroziya – tuproq yuzasida о‘simliklar yо‘qotilib yuborilganda va yerdan notо‘g‘ri foydalanish oqibatida sodir bо‘ladi (antropogen eroziya). Bunda eroziya jadalligi keskin kuchayib, yо‘qotilgan tuproq qatlami qayta tiklanmaydi.
Sug‘orish eroziyasi – suv eroziyasining bir turi bо‘lib, asosan nishab yerlarda kо‘p suv oqizib sug‘orish natijasida rо‘y beradi. Nishablik 2-30 bо‘lganda sug‘orish eroziyasi avj ola boshlaydi. Qiya maydonlarda bir marta egat oralab sug‘orilganda gektariga 22-50 t tuproq oqizib ketilishi, о‘ta qiyaliklarda 690 t ga yetishi mumkin.
Shamol eroziyasi (deflyatsiya) chang bо‘ronli (,,qora”) va mahalliy (kundalik) turlarga bо‘linadi.
Chang bо‘ronli eroziya kuchli shamollar ta’sirida rо‘y beradi. Ikkinchisi sekin-astalik bilan rо‘y bersada, shu tarzda tuproqni yemiradi.
1982 yilning aprel oyida Rossiyaning janubi va Ukrainada rо‘y bergan kuchli chang bо‘roni oqibatida 15 mln t dan ortiq tuproq uchirilib, Polsha va Ruminiya hududlariga borib tushgan.
1960 yilda Ukraina va Shimoliy Kavkazda kо‘tarilgan chang bо‘roni 7-10 sm qalinlikdagi tuproq qatlamini kо‘chirib, daraxtzorlar va boshqa tо‘siqlar yonida balandligi 2 m hamda eni 50 m keladigan uyumlar – tо‘siqlar hosil qilgan.
Shamol eroziyasiga qarshi – tuproqni himoyalovchi almashlab ekish, qor saqlanishini ta’minlash, qumlarni mustahkamlash va о‘rmonlashtirish, ihotazorlar bunyod etish, yaylovlardan tо‘g‘ri foydalanish, dala-о‘tloq-о‘rmon tizimi kо‘rinishidagi maydonlarni bunyod etish maqsadga muvofiq.
Suv eroziyasiga qarshi – yonbag‘irlarda yerlarni gorizontallar bо‘ylab haydash, suvdan meyoriga yarasha foydalanish, yerlarni chuqur haydash, almashlab ekishni tо‘g‘ri tashkil etish, ihotazorlarni bunyod etish, jarliklarni о‘rmonlashtirsh, suv havzalari atrofida daraxtzorlar bunyod etish, chorva mollari boqishni tartibga solish, tog‘ о‘rmonlarini saqlash bilan erishish mumkin.
Sug‘orish natijasida yer osti suvlari sathi kо‘tariladi va gruntdagi suvda eruvchi tuzlar tuproq kopillyarlari orqali uning yuqori qismiga chiqadi. Harakat issiqligidan suv bug‘lanib, tuproqning yuqori qismida tuz tо‘planishiga sabab bо‘ladi. Bu ayniqsa, chо‘l mintaqasida rivojlangan.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling