Natanziyning “Muntaxab at-tavorix” asarida quyidagicha ta’riflagandi: «(Amir
Qazog‘on davridan boshlab) xonlik tizimi amirlik boshqaruviga o‘zgardi». Ya’ni
rasman xonlik hokimiyati tan olinsa-da, lekin boshqaruv amalda amir qo‘lida
edi
Amir Qazog‘on (1346-1358) dan so‘ng uning o‘g‘li Abdulla otasi kabi siyosat
yurgiza olmadi va natijada o‘zi siyosiy kurash qurboni bo‘ldi. Undan keyin
amirlikni qo‘lga olgan Amir Bayon Sulduz qat’iysiz edi. Shu sababdan ham XIV
asrning 60 yillarida Movarounnahrda boshboshdoqlik yuz bergan.
Fikrimiz dalili sifatida Nizomiddin Shomiyning qo‘yidagi guvohligiga e’tibor
beraylik. Bu vaqtda:
Kesh (Shahrisabz) viloyatida Amir Hoji barlos,
Xo‘jandda Amir Boyazid Jaloyir,
Balx va ba’zi viloyatlarda amir Qazog‘onning nabirasi amir Husayn,
Shibirg‘onda amir Muhammadxoja,
Badaxshonda ham mahalliy hokimlar,
Xatlon (Xuttalon) va Arhangsaroyda amir Kayxisrav va amir Uljoytu,
Samarqand viloyatida esa amir Xizr Yasovuriy o‘zboshlaricha hokimlik
qilardilar.
Ulardan har biri oliy taxtni qo‘lga kiritish payida bo‘lganliklari xususida shubha
qilmasa ham bo‘ladi. Bu borada ayniqsa Amir Husayn tirishqoqlik ko‘rsatardi. U
o‘zini amir Qazog‘on nabirasi sifatida ulug‘ amirlik rutbasiga voris deb bilardi.
Amir Husayn Hisori Shodmon chegarasida Amir Yasovuriy bilan askar to’plab
Mavoraunnahr viloyatlariga tinimsiz hujum uyushtirib turardi.
Chig‘atoiylar izmida bo‘lib kelgan Yettisuv va Sharqiy Turkistondagi vaziyatga
kelsak, bu yerda 1348 yilda bir qator nufuzli amirlar tomonidan xonlik taxtiga
Tug‘luq Temur o‘tqaziladi. Xuddi mana shu Tug‘luq Temur davrida
Movarounnahrda chig‘atoiylar hukmini qaytadan tiklash uchun bu yerga lashkar
tortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |