10-mavzu. XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Reja


Natanziyning “Muntaxab at-tavorix”


Download 485.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.04.2023
Hajmi485.86 Kb.
#1393937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza

Natanziyning “Muntaxab at-tavorix” asarida quyidagicha ta’riflagandi: «(Amir 
Qazog‘on davridan boshlab) xonlik tizimi amirlik boshqaruviga o‘zgardi». Ya’ni 
rasman xonlik hokimiyati tan olinsa-da, lekin boshqaruv amalda amir qo‘lida 
edi 
Amir Qazog‘on (1346-1358) dan so‘ng uning o‘g‘li Abdulla otasi kabi siyosat 
yurgiza olmadi va natijada o‘zi siyosiy kurash qurboni bo‘ldi. Undan keyin 
amirlikni qo‘lga olgan Amir Bayon Sulduz qat’iysiz edi. Shu sababdan ham XIV 
asrning 60 yillarida Movarounnahrda boshboshdoqlik yuz bergan. 
Fikrimiz dalili sifatida Nizomiddin Shomiyning qo‘yidagi guvohligiga e’tibor 
beraylik. Bu vaqtda: 
Kesh (Shahrisabz) viloyatida Amir Hoji barlos, 
Xo‘jandda Amir Boyazid Jaloyir,  
Balx va ba’zi viloyatlarda amir Qazog‘onning nabirasi amir Husayn,  
Shibirg‘onda amir Muhammadxoja,  
Badaxshonda ham mahalliy hokimlar 
Xatlon (Xuttalon) va Arhangsaroyda amir Kayxisrav va amir Uljoytu,  
Samarqand viloyatida esa amir Xizr Yasovuriy o‘zboshlaricha hokimlik 
qilardilar. 
Ulardan har biri oliy taxtni qo‘lga kiritish payida bo‘lganliklari xususida shubha 
qilmasa ham bo‘ladi. Bu borada ayniqsa Amir Husayn tirishqoqlik ko‘rsatardi. U 
o‘zini amir Qazog‘on nabirasi sifatida ulug‘ amirlik rutbasiga voris deb bilardi. 
Amir Husayn Hisori Shodmon chegarasida Amir Yasovuriy bilan askar to’plab 
Mavoraunnahr viloyatlariga tinimsiz hujum uyushtirib turardi. 
Chig‘atoiylar izmida bo‘lib kelgan Yettisuv va Sharqiy Turkistondagi vaziyatga 
kelsak, bu yerda 1348 yilda bir qator nufuzli amirlar tomonidan xonlik taxtiga 
Tug‘luq Temur o‘tqaziladi. Xuddi mana shu Tug‘luq Temur davrida 
Movarounnahrda chig‘atoiylar hukmini qaytadan tiklash uchun bu yerga lashkar 
tortadi. 

Download 485.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling