10-mavzu. XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Reja


Download 485.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana24.04.2023
Hajmi485.86 Kb.
#1393937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza

viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida 
qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda chiniqqan. U bilan harbiy guruhga 
birlashganlar do’stlari orasida Abbos Bahodir, Jahon Shohbek, Qimori Inoq, 
Suloymonshohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo’lgan. Keyinchalik ular Amir 
Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo’shinida sipohsolarlik darajasigacha 
ko’tarilgan. 
Temur shu darajada mohir ediki, amir Qozog‘on e’tiboriga tushib, unga 1355-
yilda nabirasi O‘ljoy Turkonni xotinlikka bеradi. Ushbu nikoh tufayli Amir 
Temur bilan amir Qozog‘on nabirasi Balx hokimi Amir Husayn o‘rtasida ittifoq 
yuzaga keladi. 


Sohibqiron Amir Tеmur tarixan o‘ta murakkab vaziyatda, XIV asrning 60-
yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Bu davrda mo‘g‘ul hukmdorlari o‘rtasida 
toj-u taxt, davlat va mol-dunyo uchun bo‘lgan kurashlar shu darajada kuchayib
kеtadiki, bu Chig‘atoy ulusiga qarashli hududlarda tarqoqlikning avj olib
kеtishiga sabab bo‘ladi. 
1358-yilda amir Qozog‘onning o‘g‘li Abdullohga qarshi kurash boshlagan
mo‘g‘ul amiri Bayon Sulduz yonida Hoji Barlos ham bo‘lgan. Ular amir 
Abdullohga qarshi ittifoq bo‘lib, qo‘lga kiritilgan viloyatlarni o‘zaro taqsimlab
olish sharti bilan kurashganlar. Ular o‘z niyatlarini qisman amalga
oshiradilar. Bayon Sulduz bilan Hoji Barlosdan yеngilgan Abdulloh
Andarab tomonga qochib kеtadi. 
Bayon Sulduz bilan Hoji Barlos Movarounnahr yеrlarining bir qismini
egallab oladilar va uni o‘zaro taqsimlab idora eta boshlaydilar. Kеsh viloyati
Hoji Barlos ixtiyoriga o‘tadi. Ana shu tariqa 1358-yilda qariyb bir yarim 
asrdan so‘ng Movarounnahrning bir qismida hokimiyatni boshqarish mahalliy

Download 485.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling