og‘irlashtiribgina qo‘ygani yo‘q, ayni zamonda
boy va zodagonlarning ham
manfaatlariga putur yеtkazadi. Shu boisdan ham o‘lkada tarqoqlikka barham
bеrish,
markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish va so‘ngra
mo‘g‘ullarning istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi tobora kuchayib
boradi.
Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
Amir Tеmur,
Sharafuddin Ali Yazdiyning bеrgan ma’lumotiga ko‘ra,
hijriy
736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprеl) da Qashqadaryo vohasining
Shahrisabz
(Kеsh) atrofida
Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, hozirgi Yakkabog‘
tumanida,
Tarag‘ay xonadonida tavallud topgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti
Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini
yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan:
katta-
kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh
Temurni
7 yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. Tеmur o‘smirlik yoshidayoq
Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvayi xotirasiga
tasannolar aytishgan.
Amir Temur
12 yoshga to‘lganida
«bolalarcha o‘yinlardan orlanadigan
bo‘ldim va vaqtimni o‘zimga tеngqur o‘spirinlar bilan sipohiylikka oid
mashqlar asosida o‘tkazishga harakat qildim», dеb ta’kidlaydi
“Temur
Tuzuklari” da.
Tеmur
16–18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor (ov) qilish san’atini
mohirona egallaydi va
20 yoshida esa
abjir chavandoz bo‘lib yеtishadi.
Endi u
o‘z tеngqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi.
Bo‘lajak Sohibqiron
16 yoshgacha faqat
diniy emas, balki
dunyoviy fanlar
—
tarix falsafa, gеogragya, hisob, tibbiyot, me’morchilik va
boshqa ilmlardan
ham xabardor bo‘lgan.
17 yoshga to‘lganida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara
boshlagan.
O‘zining
ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan
ayrim
Do'stlaringiz bilan baham: