10-mavzu. XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. Reja


Download 485.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.04.2023
Hajmi485.86 Kb.
#1393937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza

Bir tomondan, mo‘g‘ul xonlari tomonidan o‘tkazilayotgan zug‘umlar, ikkinchi
tomondan esa mahalliy hokimlar o‘rtasida to‘xtovsiz davom etayotgan nizo
va urushlar o‘lkani mushkul ahvolga solib, oddiy xalq ommasining turmuhini


og‘irlashtiribgina qo‘ygani yo‘q, ayni zamonda boy va zodagonlarning ham
manfaatlariga putur yеtkazadi. Shu boisdan ham o‘lkada tarqoqlikka barham 
bеrish, markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish va so‘ngra 
mo‘g‘ullarning istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi tobora kuchayib 
boradi. 
Amir Temur Movarounnahr siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 
Amir Tеmur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bеrgan ma’lumotiga ko‘ra, hijriy
736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprеl) da Qashqadaryo vohasining Shahrisabz 
(Kеsh) atrofida Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida, hozirgi Yakkabog‘ tumanida,
Tarag‘ay xonadonida tavallud topgan. 
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini 
yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-
kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh 
Temurni 7 yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. Tеmur o‘smirlik yoshidayoq 
Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvayi xotirasiga
tasannolar aytishgan. 
Amir Temur 12 yoshga to‘lganida «bolalarcha o‘yinlardan orlanadigan
bo‘ldim va vaqtimni o‘zimga tеngqur o‘spirinlar bilan sipohiylikka oid 
mashqlar asosida o‘tkazishga harakat qildim», dеb ta’kidlaydi “Temur 
Tuzuklari” da. 
Tеmur 16–18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor (ov) qilish san’atini 
mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo‘lib yеtishadi. Endi u
o‘z tеngqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi. 
Bo‘lajak Sohibqiron 16 yoshgacha faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlar
tarix falsafa, gеogragya, hisob, tibbiyot, me’morchilik va boshqa ilmlardan 
ham xabardor bo‘lgan. 
17 yoshga to‘lganida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara
boshlagan. 
O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim 

Download 485.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling