10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi
Download 101.32 Kb.
|
10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar
- Vaqt omiliga k o‘ra
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida o‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini o‘zida aks etti-radi.
O‘zgaruvchan baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro etish paytida bozor bahosi o‘zgaradigan bo‘l-sa (ko‘tarilsa yoki pasaysa), o‘zgartirilishi (qayta ko‘rib chiqilishi) mumkin deb qayd etilgan baholardan iborat. Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar tayyorlanish muddati uzoq vaqtni talab etuvchi buyumlarga nisbatan o‘rnatiladi. Bunday ba-holar shartnoma ijro etish muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. Bunda birlamchi shartnoma bahosi mahsulot tayyorlangan muddat davo-mida ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishiga qarab o‘zgartiriladi. Vaqt omiliga ko‘ra baholarning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: · doimiy baholar; · mavsumiy baholar; · bosqichli baholar. 167
Amal qilish muddati oldindan kelishilmagan baholarga doimiy ba-holar deyiladi. Mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan tovarlarga nisbatan o‘rnatilgan baholar mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning bir-lamchi bahosiga nisbatan ustama yoki chegirmani qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi va ma’lum davr (mavsum) mobaynida amal qiladi. Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgi-langan holatlarda bosqichma-bosqich pasaytiriladigan tarzda aniqlana-digan mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi. Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar quyidagicha farqlanadi: · ma’lumotnomaviy baholar; · preyskurant baholar; · hisob-kitobli baholar. Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiy jurnallar, spravochniklar va boshqa maxsus adabiyotlarda e’lon qilinadigan baholar ma’lumotno-maviy baholar deyiladi. Ular o‘xshash mahsulotlarga baholarni belgi-lashda yoki baholarning darajasi va nisbatini tahlil qilishda mo‘ljal in-formatsiya sifatida foydalaniladi. Firmalarning preykurantlarida, spravochniklarda va boshqa adabi-yotlarda e’lon qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling