10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja


Download 0.76 Mb.
bet91/100
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1562983
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100
Bog'liq
kasb — копия

Mashq: «Bir–biringizni biling»

Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga ajratiladi. Guruh a’zolarining vazifasi bir-birlari haqida ko’proq ma’lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan iboratdir.


Guruhda qoidalar hosil qilish. Guruh a’zolari aylana bo’lib o’tiradilar va guruhiy ish tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo’lgan qoidalar hamda mashg’ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a’zolarining rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari buzilganda jazolash ) belgilab olinadi.
Guruh rituallari muhokama qilingandan so’ng belgilab olinadi. Guruh a’zolarining roziligidan so’nggina, bunga qat’iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati hisoblanadi.
Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi.
Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari: Guruhda ishlash tamoyillari shye’riy shaklda taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o’zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi va qiziqishlarini orttiradi. SHye’r aytilgach, trener tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan:

  1. Jahd qilibsiz, treninga kelishga,

sabr qiling, oxirigacha bo’ling biz bilan birga.
Guruhda butun mashg’ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh a’zolarining o’zaro bir-birlarini idrok qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.

  1. Muomalada ochiqroq bo’ling,

erinmasdan, dangalroq harakat qiling.
Muammoni hal etish istagingiz bo’lmasa,
yolg’on ishlatmay, jim tura qoling.
Guruhda erinish va yolg’on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq-oydin javob berishga tayyor bo’lmasangiz, yaxshisi jim turing.

  1. Sizning, guruhga «to’xta», deyishga huquqingiz bor.

Muammoni muhokama qilmang.
Har bir guruh a’zosi «to’xta» deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador savolni muhokama qilishga tayyor bo’lmasangiz yoki mashq sizga psixologik ta’sir qilsa (asoratga sabab bo’lsa), ushbu «to’xta» deyish huquqidan foydalaning .

  1. Faolroq bo’ling o’yinda,

shubhali muammolar hal bo’lar shunda.
Muhokama qilinayotgan muammoni guruhdan tashqariga chiqarmang. Hammasi o’zaro qolishi lozim. Treningda muammolarni guruhdan tashqarida muhokama qilish ma’qul emas. Bu ushbu ishning asosiy qoidalaridan biri.
5. Faqat o’zingiz haqingizda so’zlang, muhokamadan chyetlanib qolmang. «Men his qilaman», «O’ylashimcha», «Menimcha», bular murakkab, bo’lmag’ur so’zlar emas.
Har bir ishtirokchi o’z nomidan o’zi uchun gapiradi. Muhokamadan chyetga chiqib, «Hamma shunday deydi» qabilida mulohaza yuritishga yo’l qo’yilmaydi. Siz o’z mulohazangizni «menimcha», «mening o’ylashimcha» tarzida ifodalang.
6. Har bir kishi o’z fikriga ega. Hyech kimni baholamang, tanqid qilmang. Hammaning fikri tinglanadi va qo’llab-quvvatlanadi. Guruhda bir-birini tushunish, his qilish lozimdir.
SHuningdek, tayanch harakat a’zolari buzilgan ilk o’spirinlar eng yaqin odam sifatida kimnidir e’tirof etishlari, unga maslakdosh va maslahatchi sifatida qarashlari tabiiy. Xuddi shu bois, navbatdagi «Assotsitsiya» mashqi mazkur holatlarga aniqlik kiritishga hamda diagnostik ma’lumotlar olishga yordam beruvchi ish bo’lib hisoblanadi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling