10-mavzu: yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`I


Download 62.2 Kb.
bet1/9
Sana18.01.2023
Hajmi62.2 Kb.
#1099379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9



10-MAVZU: YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG`I.
1. Yer solig`i joriy etilishining asosiy sabablari.
2. Yer solig`ini to`lovchilari tarkibi, soliq solish ob’ekti, soliq solinaigan baza va soliq stavkalari.
3. Yer solig`i bo`yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va uni byudjetga to`lash tartibi hamda muddatlari.
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`i


1. Yer solig`i joriy etilishining asosiy sabablari.
1990 yilda O`zbekistonda “Yer to`g`risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga ko`ra erga egalik qilish va erdan foydalanishning pullik bo`lishi belgilandi hamda yer uchun haq yillik yer solig`i sifatida undiriladigan bo`ldi.
1991 yilda “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to`g`risida”, 1993 yilda “Yer solig`i to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda yer solig`ini undirishda soliqqa tortish ob’ekti, sub’ektlari, soliq bo`yicha imtiyozlar, soliqni hisoblash va byudjetga to`lash tartiblari ko`rsatib berildi. 1997 yilda “Soliq kodeksi”ning qabul qilinishi hamda 1998 yildan uning kuchga kiritilishi bilan yer solig`ining to`laqonli huquqiy asoslari yaratildi.
Yer solig`i O`zbekiston soliq tizimida mahalliy soliqlar va yig`imlar tarkibiga kiradi hamda mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbai hisoblanadi.
Yer solig`i boshqa soliq turlaridan farqli o`laroq, o`ziga hos xususiyatlarga ega. Jumladan, o`zining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra u renta to`lovidir yoki boshqacha qilib aytganda ushbu soliq yer egalari va erdan foydalanuvchi xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalari bilan bog`liq emas. Demak, ushbu soliqni joriy etilishidan maqsad – erdan oqilona foydalanishni rag`batlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati turlicha bo`lgan erlarda xo`jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tenglashtirish, aholi yashaydigan joylarda infrastruktura rivojlanishini ta’minlash hamda erni talon-taroj qilinishiga yo`l qo`ymaslik hisoblanadi.

Download 62.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling