10-mavzu: yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`I


Download 62.2 Kb.
bet4/9
Sana18.01.2023
Hajmi62.2 Kb.
#1099379
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Soliq stavkalari
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)

Toshkent shahri
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona

208,2
166,5
124,9
83,3
41,6

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

26,2

Andijon viloyati

33,0

Buxoro viloyati

26,7

Jizzax viloyati

26,7

Qashqadaryo viloyati

26,7

Navoiy viloyati

26,7

Namangan viloyati

33,0

Samarqand viloyati

33,0

Surxondaryo viloyati

23,5

Sirdaryo viloyati

20,8

Toshkent viloyati

27,6

Farg‘ona viloyati

26,7

Xorazm viloyati

26,7

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,25 koeffitsiyent qo‘llaniladi:
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Ushbu moddaning beshinchi qismi yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida to‘lanadi.
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (o‘stirish) uchun mo‘ljallangan sun’iy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qo‘llagan holda to‘lanadi.

Download 62.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling