10-mavzu: yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig`I


Download 62.2 Kb.
bet8/9
Sana18.01.2023
Hajmi62.2 Kb.
#1099379
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Soliq stavkalari
Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar mustasno):

Respublika hududlari

1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)

Toshkent shahri
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona

1193,6
1013,2
832,6
652,3
471,8

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

245,0

Andijon viloyati

297,6

Buxoro viloyati

245,0

Jizzax viloyati

245,0

Qashqadaryo viloyati

245,0

Navoiy viloyati

245,0

Namangan viloyati

297,6

Samarqand viloyati

297,6

Surxondaryo viloyati

221,6

Sirdaryo viloyati

191,8

Toshkent viloyati

252,2

Farg‘ona viloyati

245,0

Xorazm viloyati

245,0

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq Kodeksning 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi tugallanmagan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo‘li bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi.

Download 62.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling