10-seminar : Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli. Mavzu rejasi


Download 29.54 Kb.
bet2/3
Sana29.01.2023
Hajmi29.54 Kb.
#1139515
1   2   3
Bog'liq
10-seminar

Piktografik yozuv
K o ‘pchilik olim larning fikricha, har qanday yozuv asosida musawirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalami suratda aks ettirish hamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun hozirgi zam on yozuvi bo‘lmagan paytda odamlar ba’zi hodisa va voqealami uzoq masofaga yetkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz
narsalaming rasmini chizish yo‘li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan. Bu atama ikki so‘zdan iborat bo‘lib, birinchi yarmi lotincha pictus (chizilgan) va ikkinchi yarmi grekcha grapho (yozam an) degan m a’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini piktogrammalar deb atashadi. AQShning taniqli olimi L. Blumfild bu yozuvga misol tariqasida quyidagilami keltiradi: Amerikaning mahalliy odjibva qabilasining bir a’zosida
daraxtning uzun po‘stlog‘i bo‘lgan. Po‘stloqda bir qancha shakllar chizilgan bo’lib (tulki, boyo‘g‘li va boshqalar), u aytiladigan muqaddas qo‘shiq tartibini ko‘rsatar edi. Yana bir misol: mandan qabilasining bir a’zosi savdogarga ikki bir-birini kesib o ‘tgan chiziq va bu kesmalaming bir tomoniga bir miltiq bilan qunduz va uning
yoniga o‘ttizta parallel chiziqchalami, ikkinchi tomonda esa savsar, suvsar va qo‘tosning surati chizilgan maktubni yuborgan. Bu xatning m a’nosi quyidagicha b o ‘lgan: «Men savsar, suvsar va qo'tos mo ‘ynalarini bir miltiq va o ‘ttizta qunduzning terisiga almashtirishga roziman». Yozuvning bu turi mukammal bo‘lmay, u birinchidan, rasmlar orasidagi munosabatlarni, ulam ing tartibini ko‘rsata olmaydi va buning natijasida bir maktubni bir necha xil o‘qishga, talqin qilishga yo‘l qo‘yadi, ikkinchidan, mavhum tushunchalami aks ettirish imkoni
yo‘q darajadadir. Ideografik (logografik, iyeroglifik) yozuv Tushunchalar mavhum tafakkum ing rivojlanishi natijasida piktografik yozuv asta-sekin mukammallashib bordi va natijada iyeroglifik (grekcha «idea» - tushuncha va «grapho» - yozaman degan so‘zlardan tashkil topgan) yozuv paydo bo‘ldi. Ba’zi olimlar yozuvning bu turini logografik (grekcha «logos» - so‘z va «grapho» - yozaman degan so'zlardan tashkil topgan) yozuv deb atashadi, chunki bunday yozuvda undagi simvollar faqat bizni o‘rab turgan muhitdagi narsalami aks ettirmay, tildagi so‘zlami ham aks ettiradi. Tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Ideografik (logografik) yozuvning birligini ideogramma (logogramma) deb yuritishadi. Masalan, Ko'l tez kunda qurib qoldi, deydigan bo‘lsak, bu gapda tashqi dunyodagi bir predmet to ‘g‘risida gap borayotir. Ideografiya nuqtai nazaridan bu yerda bir simvol bor, lekin gap besh simvoldan tashkil topgan. M a’lumki, tildagi hamma so'zlar tashqi
dunyodagi narsalarga mos kelmaydi. Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma esa so'zning m a’nosini izohlaydi. Demak logogramma bevosita predmet shakli boim ay, u
so‘z ma’nosini aks ettiruvchi shartli belgidir. Bu yozuvdagi qiyinchiliklardan biri, m a’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo'lgan logogrammalami ishlab chiqishdir. Qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Xitoyliklar esa, «yaxshi» so'zini ayol kishi bilan bola ramzi orqali
ko‘rsatishgan.
L ogografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagilardan iborat:
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo'lgan matnni ancha
mufassal aks ettira oladi;
b) piktografik yozuvda so ‘z tartibi, so ‘z shakllari noaniq bo ‘Isa,
logografik yozuvda bu masalalar umuman hal qilingan;
d) piktografik yozuv subyektivlikka, ixtiyoriylikka y o ‘l qo'ysa, logografik yozuv barqaror logogrammalardan tashkil topgan. Logografik yozuvning biroz mukammallashgan shakli iyeroglifik yozuv deb nom olgan. Iyeroglif so‘zi grekcha «hiyeroglyphoi» so'zidan olingan bo‘lib, u «muqaddas yozuv» demakdir. Iyerogliflarda oz bo‘lsa ham, ifodalanuvchi narsa bilan bog‘langan biror xususiyat saqlanib turadi. Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Agar logografik yozuvda ba’zi mavhum tushunchalarni ifodalash qiyin bo‘lgan bo‘lsa, endi iyeroglifik yozuvda bu masala ham uzilkesil hal bo‘ldi. Bu yozuvda alfavit tushunchasi ham paydo bo‘la boshlaydi. Chunki iyeroglifik yozuv asosida yozilgan matnni o‘qish uchun bir qancha mavhum tushunchalami anglatuvchi belgilami va ko‘p miqdorda iyerogliflami bilishga to ‘g‘ri keladi. M a’lum shakllar m a’lum narsalarga bog‘lanib qolgandan keyin ular yozuv shakllari deb ataladi. Yozuv shakllari barqaror va doimiy shakl bo‘lib, u hammavaqt kishilar tomonidan bir xil qabul qilinadi va m a’lum sharoitlarda boshqalarga tegishli m a’lumotlami yetkazish maqsadida qo‘llaniladi. Kishilar bu shakllami yaxshi o‘zlashtirib
olganlaridan so‘ng bu shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar orasidagi o‘xshashlik katta ahamiyatga ega b o ‘lmay qoladi. Tez yozish va k o ‘proq m a’lum ot yetkazish m aqsadida odamlar shakllaming ba’zi ikkinchi darajali elementlarini tushirib qoldiradilar va natijada bu shakllar bilan ular ifodalayotgan narsalar orasidagi o ‘xshashlik kamayib, oxir natijada u yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar'yozuvni qanday materialga yozilayotganiga va
qanday yozuv quroli ishlatilayotganiga ham bogiiq bo‘lishi mumkin.
Qadimgi Mesopotam iyada q o ‘llanilgan m ixxat ana shunday o ‘zgarishlarni o ‘z boshidan kechirgan logografik yozuvning bir ko‘rinishidir. Bu shakllar turli kombinatsiyadagi uzun va qisqa mixsimon chiziqlardan tashkil topgan b o ‘lib, ularning asosida piktogrammalar va logogrammalar yotgan bo‘lishi aniqdir. Mazkur yozuvlaming shu darajada o‘zgarib ketishiga sabab, ulaming loyga
yozilgan bo‘lishidir. Yuqorida keltirilgan yozuvlaming hamma turi o‘qish va o‘qitish ishlarini ancha mushkullashtiradi. Yozuvni ommaviylashtirish uchun
uni albatta osonlashtirish, soddalashtirish kerak edi. Bunday zaruriyatning tug‘ilishiga yana boshqa obyektiv sabablar ham bor edi: savdo-sotiqning rivojlanishi va davlatlaming barpo bo‘lishi ham yuqorida zikr etilgan jarayonni tezlashtirishga sabab b o ‘ldi.
Yozuvning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha
boshladi.
1. Leksik elementlaming sonini yangi shakllar bilan ko‘paytirish o‘miga, yangi tushunchalami mavjud logogrammalar yoki iyerogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalashdir. Bu yo‘l bilan xitoy yozuvi rivojlana boshladi. M asalan, «ko‘z yoshi»ni ifodalash uchun «ko‘z» va «suv»ning kombinatsiyasidan, «asirlik»ni ko‘rsatish uchun «oyoq» va «doira» yoki «aylana» kombinatsiyasidan foydalanish kerak edi. Logografik alfavitni bu yo‘1 bilan soddalashtirish va qisqartirish
unumsiz edi.
2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo‘li - so ‘zlarning gram m atik shakllariga taalluqliligidir. Masalan, logogrammalami o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogram m alam i o ‘zak logogram m alar m a’nosiga qarab qo'shish. Bunday usul tilning grammatikasi uchun birmuncha siljish
b o 'lsa ham , tildagi leksik birliklarni, y a’ni so‘zlarning sonini qisqartirishga xizmat qilmas edi.
3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o ‘tish edi. Bu so‘z grekcha b o ‘lib, u «phone» tovush «grapho» yozaman degan ma’nolami anglatadi. Shunday qilib, fonografik yozuv tilning faqat grammatik tuzilishini ifodalamay, balki uning fonetik tuzilishini, ya’ni so‘zning tovush tarkibini ham aks ettiraredi.

Download 29.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling