10-seminar : Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli. Mavzu rejasi
Download 29.54 Kb.
|
10-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Fonografik yozuv
Fonografik yozuv bir turli bo‘lmay, u ham ko‘p ko‘rinishlarga ega. Shulardan biri - sillabik yoki b o ‘g‘in yozuvidir. Bu yozuv qo‘shma so‘zlami mayda qismlarga bo‘lish yo‘li bilan paydo bo‘ldi. Bu m ayda qismlar hozirgi vaqtdagi bo ‘g‘inlarga to ‘g‘ri keladi. Shunday qilib, iyerogliflar bo‘g‘inlami ifodalaydigan bo‘ldi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘g‘inlami bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi devanagari yaxshi misol b o ‘la oladi. Bu yozuvdagi har bir ishora undosh tovushlarning a unlisi bilan qo‘shib talaffuz qilinishini nazarda tutadi, ya’ni pa, ba, da, ga, sha va shu tartibda. Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo‘Isa, unda yo harflaming ustiga yoki tagiga m a’lum belgilar qo‘yiladi. Qadimgi Mesopotam iyaliklarning m ixxati ham shunday bo*g‘inlarga ega edi: ma, mi, mu, muk, mut, nam va hokazo. Bu birliklar logogramma sifatida qoilanishi bilan bir qatorda, yangi so‘zlami yasashda ham ishtirok qilardilar. Yangi so‘zlami yasashda ana shu logogram m alardan qaysi biri to ‘g‘ri kelsa, shularning kombinatsiyasidan foydalanilar edi. Shunday qilib, logografik yozuv birliklari asta-sekin fonografiya vazifasini bajara boshladi. Boshqacha qilib aytganda, bo‘g‘inlar tovushlarning vazifasini o‘tay boshladi. Bo‘g‘inlaming soni turlicha edi. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi greklar taxm inan 65 ta sillabariydan (b o ‘g ‘in birligidan) foydalanishgan. Gvineya orolidagi vaylar yozuvi 226 sillabariydan tashkil topgan. Ba’zi bo‘g‘in yordami bilan so‘z tuzish imkoniyati kam bo‘Igan tillar, keyinchalik bo‘g‘inlar bilan ishlatiladigan turli belgilar kashf etishdi. Tilshunoslikda bu belgilar diakritik belgilar deb nom olgan (bunday belgilar hozirgi zamon o‘zbek tilida ham mavjud: o', g ‘ harflaridagi belgilar shular jumlasidandir). Bunday diak ritik belgilar qadim gi hind tilida ham keng qo‘llanilgan. Ularda undoshdan keyin unlini va, hattoki, unlidan oldin turuvchi undoshni bfekor qiluvchi belgilar ham bo‘lgan. Keyinchalik bu tilda ham undoshlar uchun, ham unlilar uchun yangi qo‘shimcha simvollar kashf etilib, uzil-kesil fonografik yozuvga, ya’ni tildagi so‘z shakllarini fonetik birliklar - tovushlar orqali ifodalashga o‘tildi. Agar sillabik (bo‘g‘in) yozuvi fonografik yozuvning birinchi bosqichini tashkil qilsa, har bir tovush uchun o‘zining ramzini yaratish, ikkinchi bosqich bo‘Idi. Shu munosabat bilar\ hozirgi biz ishlatayotgan harflaming kelib chiqishi diqqatga sazovor. Ba’zi olimlaming yozishlariga qaraganda, biz hozir qo‘llayotgan yozuvga Arabistonda finikiylar tomonidan asos solingan. Finikiylaming yozuvlari dastlab qadimgi greklar tomonidan o‘zlashtirilgan. Bu o‘zlashtirish jarayonida yunonlar finikiylaming yozuviga anchagina yangiliklar kiritib, keraksiz elementlami tashlab, o‘zlarining tillariga moslashtirishgan. Yunonlardan bu yozuv astasekin O‘rta Yer dengizi atrofida joylashgan boshqa xalqlarga ham tarqala boshlagan. O‘rta asrlarda bu yozuv greklardan bolgarlarga, serblarga va ulardan ruslarga o‘tgan. Yuqorida qayd qilinganidek, har bir til bu yozuvni qabul qilayotganda, mazkur tilning tovushlar tizimi talabiga binoan o‘zgartirishlar kiritgan. Shuni ham aytish kerakki, bunday alfavitlaming harflari oddiy bir tovushni ifodalamay, balki u yoki bu tilning asosiy tovushlariga, ya’ni fonemalariga mos kelardi. Shuning uchun bu alfavitlami fonematik alfavitlar deyish mumkin. Yozuvning bu turi eng progressiv bo‘lib, ko‘p jihatdan iyeroglifik va sillabik yozuvdan afzalliklari bor. Dunyodagi alifbolar son jih atd an turlichadir. M iqdor jihatdan eng k a tta alifbo Kambodjaniki bo‘lib, unda 74 harf bor. Eng kichik alifbo esa Solomon orolidagi alifbo bo‘lib, unda jami 11 harf bor. Adabiyotlar: 1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent, 2010. 2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2009. 3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, 2013. 4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. –Toshkent, 2004 5. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics. –Budapest, 2006. Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling